19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

422-bob. "Alhamdulillah" deganga rahmat tilamak haqida

962. Makhul Azdiy (r.al.) aytdilar: Men Ibn Umar (r.a.)ning yonlarida edim. Masjid

tomondan bir kishi aksa urdi. Shunda Ibn Umar: "Agar "Alhamdulillah" degan bo'lsang,

Alloh senga rahmat qilsin", dedilar.

423-bob. "Ob" demaslik haqida

963. Mujohid (r.al) aytdilar: Abdulloh ibn Umar (r.a.)ning o'g'li aksa urib, "06", dedi. Ibn

Umar: "Ob nima? - deb so'radilar va o'zlari aytdilar: - Shaytonlardan birining ismi bo'lib,

aksa va hamdning orasida turadi".

424-bob. Bir necha marta aksa urgach...

964-hadis 961-hadisning aynan takroridir.

965. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Bir musulmon yoningda bir, ikki va uch karra aksa

ursa, rahmat tilagan, uchtadan ko'paysa, bu aksirish shamollash belgisidir".

425-bob. Agar yahudiy aksa ursa...

966. Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilinadi: Yahudiylar Rasululloh (s.a.v.)ning

"yarhamukalloh" deyishlariga umid qilib, oddilarida aksa urishardi. Ul zot (s.a.v.):

"yahdikumullohu va yuslihu balakum", der edilar.

426-bob. Erkak kishi aksa urgan ayolga salomatlik tilashi haqida

967. Abu Burda aytdilar: "Abu Muso (r.a.)ning oldi-lariga kirdim. U kishi qizlari Ummu

Fazlning uylarida edilar. Men aksa urgandim, Abu Muso menga sog'lik tilamadilar. Ummu

Fazl aksa urgandilar, ularga salomatlik tiladilar. Bu haqda onamga gapirib berdim. Abu

Muso onamning yonlariga kelganida onam: "O'g'lim aksa urganida sog'lik tilamabsiz,

Ummu Fazl aksa ur-gavda esa, unga sog'lik tilabsiz", dedilar. Shunda Abu Muso: "Men

Rasululloh (s.a.v.)ning: "Sizlardan biror-tangiz aksa urib, hamd ayda, unga salomatlik

tilang, agar Allohga hamd aytmasa, salomatlik tilamang", de-ganlarini eshitgandim.

O'g'lim aksa urib, hamd aytmadi, men ham unga sog'lik tilamadim. U ayol aksa urib,

hamd aytgandi, men ham unga salomatlik tiladim", dedilar. Onam: "Barakalla, yaxshi

qilibsiz", dedilar".

427-bob. Esnash haqida

969. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Sizlardan biringizga esnoq kelsa,

iloji boricha esnog'ini bosishga harakat qilsin", dedilar".

428-bob. "Labbay" deb javob bergan kishi haqida

970. Muoz ibn Jabal (r.a.) aytdilar: "Men Rasulul-loh (s.a.v.)ning ortlaridan

kelayotgandim. Rasululloh (s, a, v, ): "Ey, Muoz", dedilar. "Labbayka va sa'adayka",

(Buyuring, amringizga muntazirman) deb javob berdim. So'ngra*yana xudtsi shunday

deb uch marta aytdilar, keyin: "Allohning bandalari ustidagi haqini bilasanmi?

www.ziyouz.com kutubxonasi 149

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!