19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

418-bob. Aksa urib: "Alhamdulillah" deganni eshitgan kishi haqida

952. Hz. Ali (k.v.) aytdilar: "Kimki aksa urgan kishining "Alhamdulidlah" deganini

eshitib, "Alhamdulillahi Rabbil 'alamin 'ala kulli halin" desa, hech qachon tish og'rig'i va

quloq og'rig'ini ko'rmaydi".

Ya'ni Alloh taologa har qanday holatda ham shukr aytaman.

419-beb. Aksirganni eshitgan odam nima deydi

953-954-hadislar 945 va 947-hadislarning aynan takrori.

955. Abu Jumra (r.al.) aytdilar: "Men Ibn Abbos (r.a.)ning aksirganga: "'afanallohu va

iyyakum mina-n-nari, yarhamkumulloh" deganlarini eshitganman".

Ya'ni "Alloh bizni va sizni do'zax olovidan asrasin, Alloh sizni o'z rahmatiga olsin".

956. Abu Hurayra aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida o'tirgandik. Bir kishi aksa

urib "Alhamdulillah" degandi, Rasululloh (s.a.v.) unga: "Yarhamukalloh", dedilar. Boshqa

bir odam aksa urdi, unga indamadilar. U: "Ey, Rasulalloh! Boyagi kishiga aytganingizni

nega menga aytmadingiz?" - dedi. Ul zot: "U odam aksirib, Allohga hamd aytdi, sen esa

aytmading", dedilar".

420-bob. Aksirgan "Alhamdulillah"demasa, duo aytilmasligi haqida

957-hadis yuqoridagi hadisning aynan takrori.

958. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Payg'ambar (s.a.v.) huzurlarida ikki kishi o'tirgan

bo'lib, ularning biri ikkinchisidan obro'liroq edi. O'sha obro'lisi aksa urdi, hamd aytmadi,

Ul zot ham unga sog'liq tilamadilar. Na-rigi odam aksa urib "Alhamdulillah" degandi,

Rasululloh (s.a.v.) unga salomatlik tiladilar. Obro'lisi: "Men oldingizda aksa urdim,

sog'lik tilamadingiz, boshqa odam aksa urganda tiladingiz", dedi. Ul zot: "U odam Allohni

esladi, men ham uni esladim, sen esa Allohni unutding, men ham seni unutdim",

dedilar".

421-bob. Aksa uruvchining holati haqida

959. Nofi' (r.a.) aytdilar: "Abdulloh ibn Umar (r.a.) aksa urganlarida "yarhamukalloh"

deyilsa, "yarhamu-na va iyyakum, yag'firu lana va lakum", der edilar".

Ya'ni Alloh bizni ham, sizni ham rahmat qilsin, bizni ham, yeizni ham kechirsin (t.).

960-hadis yuqoridagi hadisning aynan takrori.

961. Iyos ibn Salama (r.al.) otalaridan rivoyat qiladilar: Bir kishi Payg'ambar (s.a.v.)

huzur-larqda aksa urdi, Ul zot "yarhamukalloh", dedilar. So'ng yana aksa urgandi,

Paygambar (s.a.v.) "Bu shamollab qolibdi", dedilar.

www.ziyouz.com kutubxonasi 148

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!