19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

ham ko'paydi. Biz boshqa bir hovliga ko'chib o'tgandik, u yerda sonimiz ham, molimiz

ham kamayib ketdi", dedi. Rasululloh (s.a.v.): "U yerdan ketinglar, u hovli xosiyatsiz

ekan", dedilar.

415-bob. Aksirish haqida

945. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) dedilar: "Aksirishni Alloh

yaxshi ko'radi, esnashni esa, yomon ko'radi, chunki esnoq shaytondandir. Shuning

uchun imkoni boricha esnoqni qaytarish kerak. Agar kjii (esnab) "haah" desa, shayton

undan kuladi".

416-bob. Aksirganda nima deyiladi

946. Abdulloh ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Sizlardan bir kishi aksirib

"Alhamdulillah" desa, farishtalar: "Rabbil 'alamiyn", deydi. Agar u "Rab-bil 'alamiyn",

desa, farishtalar: "Alloh senga rah-mat qilsin", deydilar.

947. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qildilar: "Rasululloh (s.a.v.) dedilar: "Kimki aksirsa,

"Alhamdulillah" desin. Shunday desa, unga birodari yoki do'sti "yarhamu-kalloh" desin.

Unga do'sti "yarhamukalloh" desa, u "yahdi-kumullohu va yuslihi balakum", deb javob

qaytarsin".

"Yarhamukalloh" - Alloh senga marhamat qilsin. "Yahdikumul-lohu va yuslihi balakum" -

Alloh seni hidoyatga yo'llasin va barcha ishlaringni isloh qilsin.

417-bob. Musulmonning vojiblari haqida

948. Rasululloh (s.a.v.) dedilar: "Musulmon kishi-ning birodari zimmasida olti xil vojib

bor, Agar shulardan birortasini tark qilsa, zimmasidagi haqni bermagan bo'ladi: uni

uchratib qolsa, salom bermoq; chaqirsa qabul qilib bormoq; aksa ursa, sog'lik tila-moq;

kasal bo'lsa, borib ko'rmoq; vafot eda, janoza-siga bormoq; maslahat so'rasa, (to'g'ri)

maslahat bermoq".

949-hadisda yuqorida mazmun qisman takrorlangan bo'lib, hadisni ri-voyat qilgan

Abdulloh Mas'ud (r.a.) musulmon kishining zimmasidagi vo-jibni oltita emas, to'rtta, deb

ko'rsatgan.

950. Baro ibn Ozib (r.a.) aytdilar: "Alloh Rasuli (s.a.v.) bizga yetti narsani buyurib, yetti

narsadan qaytardilar. Buyurganlari ushbudir:1) Xastani ziyorat qilmoq; 2) Janozada

ishtirok etmoq; 3) Aksirganga rahmat tilamak; 4) Qasam ichgan kishining qasamiga

rioya qilmog'i; 5) Mazlumga yordam bermak; 6) Salomni yoymoq; 7) Chaqirgan joyga

bormoq.Quyidagi ishlardan qaytardilar:1) Oltin uzuklar taqmoq; 2) Kumush idishlar tutmoq;

3) Ulov ustiga ipak matodan yopinchoqlar yop-moq; 4) Ipak matodan libos

kiymoq; 5) Gul solin-gan qalin ipak gazlama ishlatmoq; 6) Gul solingan nafis gazlama

ishlatmoq; 7) Har turli ipak kiyim kiymoq.

Abu Hurayradan rivoyat qilingan 951-hadis 948-hadisning takrori.

www.ziyouz.com kutubxonasi 147

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!