19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

edilar. Keyin Usmon ibn Affon (r.a.) shunday xabar berdilar: Suhayl ibn Amr (r.a.)ni "Bu

yil qaytib ketasizlar va kelasi yili (biz Makkani sizlarga) uch kunga bo'shatib beramiz",

degan shart bilan sulh tuzish uchun yubordilar. Suhaylning kelayotganidan ul zotga

xabar berishganda: "Alloh ishlarimizni oson qilsin!" - dedilar.

Bu o'rinda "Suhayl" so'zining ma'nosiga ishora qilinmokda. Zero "Suhayl" arabcha "Sahl"

so'zidan olingan bo'lib, "oson", "engil" deganidir.

1 Arablar boyo'g'lidan shumlanishardi. Xalqning aqidasiga ko'ra, agar qatl

qilinganlarning qasosi olinmasa, ularning ruhi boyo'g'-liga aylanar va: "Meni qondiring!

Meni qondiring!" - deb qichqi-rarmish! Qasosi olingach esa, uchib ketarmish! Islom

vujudga kel-gach, bu kabi botil qarashlarni rad etdi. (F.s). Hozirgi zamonda ham

ko'pgina xalklarda boyo'g'lidan shumlanish odati qolgan, jum-ladan, boyo'g'li sayrasa,

unga tosh otish kabi odatlar bor. Bu botil narsalar insonni yo'ldan adashtiradi.

414-bob. Otdan shumlanish haqida

942. Abdulloh ibn Umar (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Shumlik hovlida, xotinda va

otda bo'ladi", dedilar"

Islomiyatdan ilgari arablar mazkur uch narsani shum narsa deb qarardilar. Bu

o'shalarning holidan hikoya qilib aytilgan so'z.

943. Sahl ibn Sa'd(r.a.)dan rivoyat tsshingan bo'lib. yuqoridagi hadisning aynan

takroridir.

1 Abdulloh ibn Umar (r.a.) rivoyat qilgan mazkur hadis ustida olimlar ixtilof qilganlar.

Jumladan, imom Molik (r.al.) va bir guruh ulamolar bu o'rinda shumlanish hakdqiy

ma'nosida qo'llanil-gan, ya'ni Allohning taqdiri bilan ba'zi uylarda o'tirish karohat, ba'zi

xotinlarga uylanish va otlarga minish ham ziyon keltiradi, deb hadisning mazmunini

quyidagacha izohlaydilar: bu uch narsada shumlik bor. Xattobiy yu boshqa muh-taram

olimlarning fikricha, bularning har birini shumlik, deb bilish lozim. Bu narsani birga

yashayot-gan xotinning fe'lidan, uyning fayzidan, minilishi lozim bo'lgan otning turqi va

harakatidan bilshi mumkin ekan. Shu ma'no-da xz. Oyisha (r.a.)dan kelgan bir riyuyat

ibratlidir. Hasson Arajdan riyuyat qilingan hadisda aytiladi: "Hz. Oyisha (r.a.)nyng

huzurlariga ikki kishi kelib shunday deyishdi: "Abu Hurayra Rasululloh (s.a.v.)ning:

"Shumlik hovlida, xotitsda va otda bo'ladi", deganlarini nakl kdildi". Hz. Oyisha (r.a.)

ko'rquv bilan o'rinlaridan sachrab turib ketdilar.Kur'oni karimni Abulqosimga nozil qilgan

Alloh haqi, bu hadisni naqd qilgan kishi yolg'on aytibdi. Rasululloh (s.a.v.) aslida

shunday deganlar: "Johi-liyat davrida shumlik hovlida, xotinda, otda, deb bilar edilar".

Hz. Oyisha (r.a.) shundan keyin mana bu oyatni tilovat qildilar: "Xoh yerga, xoh

o'zlaringizga biror musibat yeda, Biz uni paydo qilishimizdan ilgari Kitobda ("Lavhu-lmahfuz"da

bitilgan) bo'lur. Albatga, bu Allohga osondir" (57:22).Bu oyat "Tafsiri Xilol"da

shunday izoxlangan: "Alloh taolo bizga yetadigan har bir musibat - kasallik, ochlik,

kambag'allik, o'lim va boshqalar, ular yuzaga chiqishidan avval ham "Lavhu-lmahfuz"da,

Allohning ilmida sobit bo'li-shini ta'kidlamoqda (Shayx Muhammad Sodiq

Muhammad Yusuf, "Tafsiri Hilol", T., Movarounnaxr", 1993, 151-6.).

944. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Bir kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib: "Ey,

Allohning Rasuli, biz bir hovlida turardik. U yerda bizning so-nimiz haam, mol-dunyomiz

www.ziyouz.com kutubxonasi 146

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!