19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

409-bob. Shumlanish haqida

934. Ibn Mas'ud (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Shumlanish shirkdir. Holbuki, ba'zi

narsalardan shumlanish tuyg'usini ozgina bo'lsa ham qalbidan kechirmagan kishi yo'q.

Alloh bu tuyg'uni tavakkul bilan bartaraf qildi", deb marhamat qildilar.

Ya'ni shumlanishning o'rniga tavakkul qilishga buyurdi .

935. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.-v.)ning: "Shumlanishning yaxshisi

yaxshilikka yo'yishdir", dedilar. "Yaxshilikka yo'yish nima?" deb so'rashdi. Ul zot (s.a.v.):

"U har biringiz eshitadigan yaxshi so'zdir", dedilar.

Hadis mazmuni, vallohu a'lam, shunday: dilida g'alamislik bo'lgan yoki ko'ngli

nimadandir g'ash, g'ayratsizligi

410-bob. Shumlanmaslikning fazilati haqida

936. Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) dedilar: "Bir haj

mavsumida menga ummatlarni ko'rsatishdi. Men ummatimning kupligi-dan xursand

bo'ldim. Ular tekisligu tog'larni to'ddirib turgandilar. "Rozimisiz, ey, Muhammad?" - deb

so'rash-di. Men: "Ha, Parvardigorim, roziman", dedim. Alloh jalli va 'alo: "Bulardan

yetmish minggi jannatga bes-o'roq kiradi. Ular sehrgarlik qilmaydigan, o'zlarini

kuydirmaydigan, shumlanmaydigan va Parvardigorlariga tavakkul qiladigan zotlardir",

dedi. Ukosha (r.a.): "Ey, Rasulalloh, duo qiling, Alloh meni ham ana shular qatorida

qilsin", dedilar. Ul zot: "Allohim, buni ham ana o'shalar qatoridan qilgin", deb duo

qildilar. Yana bir kishi ham: "Meni ham duo qiling, Alloh meni o'shalardan qilsin", degan

edi, Rasululloh (s.a.v.): "Bu borada Ukosha sendan ildamlik qildi", dedilar.

411-bob. Jinlardan shumlanish haqida

938. Alqama onalaridan rivoyat qildilar: "Bir chaqa-loq tug'ilsa, Oyisha (r.a.)ning

oldilariga olib keli-shar, Oyisha (r.a.) unga barokat tilab duo qilar edilar. Yana bir boshqa

chaqaloqni oldilariga olib kelishdi. Chaqaloqning yostig'i ostidagi ustarani ko'rib, buning

sababini so'radilar. "Jinlardan sakdanish uchun", deb javob berishdi. Oyisha (r.a.)

ustarani uloqgirib yubordilar. Ularni bunday qilishdan qaytarib: "Rasululloh (s.a.v.)

shumlanishni yomon ko'rardilar", dedilar".

412-bob. Yaxshilikka yo'yish haqida

939. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Hech qanday ilatning yuqishi va

shumlanish yo'q, menga yaxshii so'z -" yaxshilikka yo'yish yoqadi", dedilar.

940. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: "Boyo'g'lidan shum-lanish behuda narsadir1, eng

to'g'risi - yaxshilikka yo'yishdir, ko'z(ning tegishi) haqiqatdir".

413-bob. Ismda yaxshilik alomatini ko'rish haqida

941. Abdulloh ibn Soib (r.a.) aytdi Rasululloh (s.a.v.) Hudaybiya sulxida o'sha yerda

www.ziyouz.com kutubxonasi 145

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!