19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

menga nisbat bersa, u do'zahda yonboshi bilan yotishi uchun (joy-ini) tekislayversin",

deb qo'llarini bilan yerni silab ko'rsatganlarini eshitganman", dedilar".

405-bob. Sannon haqida

905-hadis. Abdulloh ibn Mag'fal Muzaniy aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) sannondan

qaytarganlar va: "U ovda biror hayvonni o'ldirmaydi, dushmanni qiyratolmaydi, u faqat

kuzni chiqaradi va tishni sindiradi", deganlar.

Arablarda qadimdan sannon bo'lgan, lekin hozirgi rogatkadan farqli ravishda ko'rsatkich

barmoq bilan o'rta barmoqqa sannon bog'lab tosh va shunga o'xshagan narsalar

otganlar.

406-bob. Shamolni so'kmaslik haqida

Mazkur kitobning 298-bobi ham ana shunday sarlavhalangan, bobdagi 741-hadis ham

Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilingan. Bu sarlavha va hadis mazmunini takroran

keltirishimizning sababi, voqea va sabab to'liq yoritilgan.

931. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Makka yo'lida sha-mol turdi. Hajga borayotganlar

orasida Umar ibn Xattob (r.a.) ham bor edi. Shamol tezlashgandan tezlashdi. Umar

(r.a.) atrofidagi kishilarga: "Shamol nimadir?" - dedi. Odamlardan ba'zilari bir nimalar

deyishdi, anglab bo'lmadi. Mening xayolimga lop etib bir gap keldi. Umar (r.a.)ga

yaqinlashib:"Shamolga taalluqli savo-lingiz menga endi tushunarli bo'ldi, men Rasululloh

(s.a.v.)ning shunday deganlarini eshitganman: "Shamol Alloh rahmatidandir, u rahmat

keltirishi ham, azob kelgirishi ham mumkin. Aslo shamolni so'kmangiz".

407-bob. "Yomg'ir falon sababli yog'adi", deyish haqida

932. Zayd ibn Xolid Juhaniy aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) Hudaybiyada bomdod namozini

kechasi yoqqan yomg'irdan so'ng bizga imom bo'lib o'qidilar. Namozdan keyin Rasululloh

(s.a.v.) odamlarning oldiga kelib: "Bilasizlarmi, Rabbingiz nima dedi?" - deb so'radilar.

Ular: "Alloh va Rasuli bilguvchiroqdir", deb javob berishdi. Ul zot: "Alloh taolo:

"Bandalarimdan ba'zisi mo'min bo'lib, 5sha ba'zilari kofir bo'lib tong otgaradi, kimki

"Yomg'ir Allohning fazlu marhamagi sababli yog'adi", desa, U Menga inonib yulduzlarga

kofir bo'lgan bo'ladi. Yana kimdir: "Yomg'ir mana shu-shu sabablarga ko'ra yog'adi",

desa u Menga kofir bo'lib, yudduzlarga iymon keltirgan bo'ladi", deya marhamat qildi",

dedilar".

408-bob. Bulutni ko'rgan kishi nima deyishi haqida

933. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) (osmonda) bulugai ko'rsalar,

hovlidan uyga, uydan hovliga kirib chiqaverardilar va yuzlari o'zgarardi. Yomg'ir

yog'gandan keyingina o'zlariga kelardilar". Oyisha (r.a.) bu holatlarini o'zlariga

aytganlarida, ul zot (s.a.v.): "Qaerdan bilaman, balki Alloh azza va jalla aytgani-dek

bo'lar: "Bas, qachonki, ular o'sha (azob)ni o'z vodiylariga qarab kelayotgan bir (qora)

bulut holida ko'rishgach: "Bu bizlarga yomg'ir keltiruvchi bulutdir", dedilar. Yo'q, u

o'zlaringiz uchun qistagan narsa bo'rondirki, unda (sizlarga atalgan) alamli azob bordir"

(46:24).

www.ziyouz.com kutubxonasi 144

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!