19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

398-bob. Ko'zi ojizlarni adashtirish haqida

916. Ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Kim ko'zi ojiz kishilarni

adashtirsa, unga Allohning la'nati bo'lsin!" - dedilar".

399-bob. Zulm, buzg'unchilik haqida

917. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) Makkadagi uylarining hovlisida

o'tirganlarida oldilaridan Usmon ibn Maz'un (r.a.) o'tib, Payg'ambar (s.a.-v.)ga qarab

kulimsiradi. Rasululloh (s.a.v.) shunda unga: "Kel, o'tir", dedilar. U "Xo'p", dedi. Ul zot

uning ro'parasiga o'tirdilar. Unga gapirayotab ko'zlarini osmonga tikdilar va: "Hozirgana

sen o'tirgan vaqgda Allohning elchisi (Jabroil (a.s.) mening yonimga keldi", dedilar.

Usmon: "U nima dedi sizga?" - deb so'ragan edi, ul zot "Nahl" surasi 90-oyatni o'qib

berdilar. Usmon: "Bu qalbimda imon o'rnashib, Muhammad (s.a.v.)ni yaxshi ko'rib

qolganimda ro'y bergan edi", dedi".

400-bob. Zulmning jazosi haqida

918. Ubaydulloh ibn Anas otasidan, u esa bobosidan nakl qilgan. Rasululloh (s.a.v.)

aytmishlar: "Har kim ikki qizni tarbiyalab voyaga yetkazsa, u men bilan jan-natda mana

shunday bo'ladi". deb ikki barmoqiarini juftlab ko'rsatdilar. Roviy Muhammadning

aytishicha, Rasululloh (s.a.v.) shahodat barmoqlari bilan o'rta barmoq-larini juftlab

qo'rsatganlar.

919. Rasululloh (s.a.v.) marhamat qildilar: "Qarin-doshlik rishtalarini uzish va zulm

insonning bu dunyodayoq jazo olishini tezlashtiradigan ikki (gunoh) eshigidir".

401-bob. Aslzodalik, oqsuyaklik haqida

920. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat etilishiga ko'ra, Rasululloh (s.a.v.) shunday deb

marhamat qildilar: "Aslzoda, ya'ni karim o'g'li karim, karim o'g'li karim, karim o'g'li

karim, Ibrohim naslidan Ishoq o'g'li Ya'qub, Ya'qub o'g'li Yusufdir".

921. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Qiyomat kunida

do'stlarim taqvodorlardir, nasablar bir-biriga har qancha yaqin bo'lsa ham. Odamlar

mening oldimga amallar bilan kelmaydilar. Sizlar dunyoni gardaningizga osib kelasiz va:

"Ey, Muhammad!" - deya yordam so'raysiz. Men: "Shutsday-shuvday, yo'q", dey-man",

dedilar va ikki tomonlarini ko'rsatdilar".

922. Abdulloh ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Men hech kimni ushbu oyatga amal

qilayotganini ko'rmayapman: "Ey, insonlar! Darhaqiqat Biz sizlarni bir erkak (Odam (a.s)

va bir ayol (Havvo)dan yaratdik hamda bir-birlaringiz bilan tanishishingiz uchun sizlarni

(turli-tuman) xalqlar va qabila (elat)lar qilib qo'ydik. Albatta, Alloh nazdida eng (azizu)

mukarramrog'ingiz taqvodorrog'ingizdir..." (49:13). Odamlar bir-birlariga "Men sendan

hurmatliroqman!" - deydi. Holbuki, birov birovdan faqat Alloh taologa qilgan taqvosi

bilangina ustun va hurmatlidir".

www.ziyouz.com kutubxonasi 142

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!