19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

haydab bo-rayotgan tuyabonga: "Hay-hay Anshaja, shisha idishlar (ya'ni ayollarga)

yumshoq muomala qil!" dedilar.

908. Abdulloh ibn Umar (r.a.) otalari hz. Umar (r.a.) dan naql qildilar: "Kishi eshitgan

narsasini gapiraverishi yolg'onchiligi uchun yetarlidir". Umar (r.a) aytdilar: "piching gap

qilish musulmonning yolg'ondan saqlanayotganiga yetarli (dalil) emasmi?"

909. Abdulloh ibn Shaxir aytdilar: "Men Imron ibn Husayn bilan Basragacha hamroh

bo'ldim. U har kuni: "Piching gapda yolg'on bo'lishi muqarrardir", deb she'r o'qirdi.

394-bob. Sirni fosh etish haqida

910. Amr ibn Os (r.a.) aytdilar: "Qadarning ichida bo'la turib, taqdirdan qochgan

odamga hayron bo'laman. Do'stining ko'zidagi gardni ko'radi, o'zining ko'zidagi xoda

bilan ishi yo'q. Men og'zi bo'sh odamga sirimni aytib qo'yib, so'ngra uni malomat

qilmagan-man. Axir, (sirni ochyb qo'ygani uchun) qanday uni malomat qilayin, o'zim

sirni ichimda saqiay olmagan bo'lsam?!

Ya'ni "Gapirmaganing o'zinpshki, gapirganing birovniki", demoqchi (t.).

395-bob. Masxara qilish haqida

911. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Boshiga musibat tushgan odam bir to'da ayollarning

oldidan o'tayotganida ayollar uning ustidan kulib masxara qildilar. (Oqibatda) ulardan

ba'zilarining boshiga ham musibat tushdi".

396-bob. Ishlarda shoshmaslik haqida

912. Zuhriy (r.a.) Baliy qabilasidan bo'lgan bir ki-shidan riyuyat qilib, aytdilar: "Men

otam bilan Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga keldim. Otam ul zot bilan mensiz sekin-sekin

gaplashdilar. Men otamdan: "Ul zot sizga nima dedilar?" - deb so'radim. "Bir ish

qilmoqchi bo'lsang, uni shoshmasdan, sovuqqonlik bilan qilginki, Alloh senga bu yo'lda

najot eshigini ko'rsatadi yoki Alloh senga bir najot yo'li paydo qiladi", deb aytdilar",

dedilar".

913. Muhammad ibn Hanafiya dedilar: "Kimgaki bir qarindoshi yomonlik qilaversa, Alloh

taolo undan qutilish yo'lini ko'rsatmagunga qadar o'sha qarin-dosh bilan yaxshi

muomala qilib gurmasa, u aqyali odam emasdir".

397-5ob. Kishilarga yo'l ko'rsatish haqida

914. Baro ibn Ozib (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasu-lulloh (s.a.v.): "Kimki birovga hadya

bersa yoki unga to'g'ri yo'lni ko'rsada, odamlarni badal to'lab (asir-liqdan) ozod

qilganchalik savobga ega bo'ladi", dedilar".

915. Abu Zarr (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Do'sting-ning chelagiga o'z chelagingdan suv

quyib qo'yishing ham sadaqadir, do'stinpta tabassum bilan qarashing ham sa-daqadir,

odamlar o'tadigan yo'ldan tosh, tikon va suyaklarni olib tashlashing ham sadaqadir,

yo'ldan adashgan bir kimsaga to'g'ri yo'lni ko'rsatash ham sadaqadir".

www.ziyouz.com kutubxonasi 141

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!