19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

901. Abu Yazid (r.a.)dan rivoyat qilinishiga ko'ra, Rasululloh (s.a.v.): "Sizlar hammangiz

masjidlaringizda to'planing, qaysiki masjidda qavm to'la ravishda to'plangach, meni

chaqi-ringlar", deb marhamat qildilar. Bizning masjidimizda birinchi bo'lib qavm

to'plandi. Rasululloh (s.a.v.)ni taklif qildik. Ul zot kelib o'tirishlari bilan bir kishi: "Allohga

hamd aytamiz, ammo bu hamd uchun na oldimizda bir maqsad bor, na ortidan

keladigan bir manfaat bor", dedi.Rasululloh (s.a.v.) uning bu gapidan ozorlanib, masjiddan

o'sha zahotiyoq chiqib ketdilar. Biz ham xafa bo'lib bir-birimizga qarab qoldik.

Bildikki, Rasululloh (s.a.v.) boshqa bir masjidga ketganlar, ortlaridan izlab bordik va bir

masjidda o'tirganlarini ko'rib, biz.ham o'sha masjidga kirib o'tirdik. "Istaganini oldiga,

istaganini ortiga qo'ygan Allohga hamdlar bo'lsin, haqiqatda jozibador so'zlar bor",

dedilar Rasululloh (s.a.v.). So'ng bizlarga haqiqatdan ta'lim berdilar.

389-bob. Orzu qilish haqida

902. Oyisha (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) ke-chalarning birida uyqusizliqdan

qiynaldilar va: "Qani endi hozir sahobiylarimdan biri kelsa-yu, tuni bilan meni

qo'riqyaasa", dedilar. Shu payt qurol-yarog'ning sharaqlagan ovozini eshitdik. Ul zot:

"Kim u?" - dedilar. "Sa'dman, ey, Rasulalloh, sizni qo'riq-lash uchun keldim". dedi

kelgan kishi. Keyin Rasulul-loh (s.a.v.) uxladilar, hatto ul zotning xurrak to-vushlarini

eshitdik.

O'sha paytda Madinada tashqi va ichki dushmanlar xavfi kuchli bo'lib, ularning

nogahoniy hujumidan saqlanish kerak edi.

390-bobdagi 903-hadis 142-bobdagi 306-hadisning takrori.

391-bob. Noto'g'ri gapirishdan qaytarish haqida

904.Nofi' aytdilar:"Abdulloh ibn Umar far-zandlarini noto'g'ri, g'aliz gapirishdan

qaytargan edilar".

905. Abdurrahmon ibn Ijlon aytdilar: hz. Umar o'q otishayotgan ikki kishining oldidan

o'tdilar. Ularning biri ikkinchisiga: "sod" harfi bilan "asobta" - "mo'ljalga tekkizding",

deyishning o'rniga "sin" harfi bilan "asabta" - "so'kding", dedi. Shunda hz. Umar:

"Noto'g'ri gapirish noto'g'ri o'q otishdan og'irroqdir", dedilar.

392-bob. "Uning asli yo'qtsir", deyish haqida

906. Oyisha onamiz dedilar: "Odamlar Payg'ambar (s.a.v.)dan kohinlar haqida

so'radilar. Ul zot: "Ular ishlarining asli yo'q", dedilar. Odamlar: "Ey, Rasulalloh, ular

aytgan narsayaarning ba'zisi to'g'ri chiqadi", deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.):

"O'sha to'g'ri gaplarni hayton o'g'irlab qochadi va do'sti (ya'ni sehrgar, folbin)ning

quloqlariga tovuqday qu-qulab yetkazadi. Keyin ular bir rost gapning yoniga yuzlab

yolg'onni qo'shadilar", dedilar.

393-bob. Piching gap qilish haqida

907. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) safarlarining birida tuyalarini

www.ziyouz.com kutubxonasi 140

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!