19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

34-bob. Haqiqiy silai rahm

68. Abdullohibn Amr (r.a.) aytdilar: Rasululloh(s.a.v.): "Avval silai rahm qilgan kishiga

keyin silai rahm qiluvchi bu - haqiqiy silai rahm qiluvchi emas. Chin silai rahm qilish deb

silai rahm qilishdan bosh tortgan kishiga silai rahm qilishni aytiladi", dedilar.

35-bob. Zolim qarindoshiga silai rahm qilgan kishining fazilati

69. Barro ibn Ozib (r.a.) aytdilar: Bir a'robiy kelib: "Yo Rasulalloh! Meni jannatga

kiritadigan amalni o’rgating", dedi. Rasululloh (s.a.v.); "Sen xutbani qisqa qilgan

bo’lsang ham masalani keng qilding. Jonliqni ozod yil va kishini qulliqdan qutqazgan",

dedilar. A'robiy: "Bu ikkalasi bir gap emasmi?" - dedi. Rasululloh (s.a.v.): "Yo’q, jonliqni

ozod qilish - uni qullikdan qutqazishing, mulikdan qutqazish esa, uni qarzdorlikdan va

jarima to’lashdan qutilishiga yordam berishingdir. O’zingga margub bo’lgan sogin sigir

(yoki quy)ni sutidan ichib, foydalanish uchun muhtojlarga vaqannchaga berib turishing

va qavmu qarindoshlarga yaxshshshk qilishingdir. Agar bularni qilish ko’lingdan

kelmasa, kishilarni yaxshi ishlarga buyurib, yomon ishlardan qaytarasan. Buni ham qila

olmasang, faqat shirin so’zni tilingdan qo’ymaysan", dedilar .

Ya'ni bergan savolingning shakli qisqa bo’lsa ham, ma'nosi goyat chuqur, ahamiyati zo’r

masalani o’rtaga tashlading, deyilmoqchi .

36-bob. Johiliyat davrida yaxshilik qilgan kishi haqida

70. Hakim ibn Hazom (r.a.) Rasululloh (s.a.v.) dan: "Men johiliyat zamonida silai rahm

qilish, qul ozod qilish va sadaqa berish kabi ishlar bilan mashgul bo’lgan edim. Endi

o’sha ishlarim uchun menga ajr-savob bo’ladimi?" - deb so’radi. Rasululloh (s.a.v.):

"Sen johiliyat zamonida o’tkazgan hamma yaxshi ishlaring bilan islom diniga kirgan

bo’lasan", dedilar.

Ya'ni johiliyat zamonida qilgan yaxshiliklaring behuda ketmaydi, Alloh hamma narsani

bilguvchidir;johiliyat davrida qilgan solih amallaring uchun Uning fazli karami bilan ajrsavob

beriladi.

19-bobdagi 26-hadis mazmuni 37-bobning 71-hadisida aynan takrorlangan.

38-bob. O’z urug-aymoqini bilish kerakligi haqida

72. Jubayr ibn Mutim (r.a.) Hz. Umar ibn Xattob (r.a.)ning minbar ustida turib gapirgan

quyidagi gaplarini eshitdilar: "Urug-aymoqlaringizni bilib olib, keyin ularga silai rahm

qiling! Men Alloh taolo nomi bilan qasamyod qilib aytamanki, bir kishi o’z birodari bilan

oralarida bir narsa (yomon so’z) o’tadi. Agar ular oralaridagi qarindoshlik aloqasi

borligani bilganlarida edi, albatta bir-birlariga yomon so’z aytishdan va sha'niga

tegishdan o’zlarini saqlagan bo’lardilar".

73. Abdulloh ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi: "Nasablaringizni yodda saqlang!

Shundagina siz qarindoshlaringizga yaqindan yondashgan bo’lasiz, chunki nasab

uzoqbo’lsa ham uni yaqinlashtirilsa, uzoqligi bilinmaydi. Ammo u yaqin bo’lsa-yu,

uzoqlashtirilsa, yaqinligi qolmaydi. Har bir qarindoshlik qiyomat kuni o’z egasining

www.ziyouz.com kutubxonasi 14

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!