19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

890. Urva naql qildi: "Hz. Oyisha (r.a.) dedilar: "She'rning yaxshisi ham bo'ladi,

axloqsizi ham. Yaxshisini oling, axloqsizlarini tashlang".

891-hadis 342-bobdagi 815-hadsjing takrori, faqat bunda roviy aniq emas. 892-hadis

883 va 885-hadislarning takrori, fadat bundaAnas ibn Sari' deyil-gan, tahrirda Asvad

nomi Anas bo'lib xato ketgan bo'lishi mumkin. 383-bobdagi 893-hadisda 346-bobdagi

822-hadis mazmuni takrorlangan, faqat bunda Rasu-lumoh (s.a.v.): Umayyaning

she'rlaridan uning yaqinda musulmon bo'lishji angla-sa bo'ladi", deb marhamat qildshar.

384-bobdagi 894-hadis 884-hadisning tak-Rori, faqat bu hadis Abdulloh ibn Umardan

rivoyat qilingan.

385-bob. Shoirlarga ergashmoq haqida

894. Ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilinadi: "Alloh taoloning ushbu: "Shoirlarga yo'ldan

ozganlar ergashurlar. Ularning har vodiyda (mavzuda) daydishlarini ko'rmadingizmi?

O'zlari qilmagan narsalarni gapirishlarini ham?" (26:224, 225, 226) - degan oyatlari

tushgach, unga ushbu istasno oyati ham tushdi" - deb "Shuaro" surasining 227-oyatini

o'qidilar.

385-bobning 896-hadisi ham 894-hadisning takroridir.386-bob. Bayonning jozibador,

sehrli usuli haqida

896. Ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Bir kishi yoki bir a'robiy Rasululloh (s.a.v.)ning

oldilariga keddi va ochiq, go'zal jumlalar bilan so'zladi. Payg'ambar ^s.a.v.) (uning

gaplarini yoqgirib): "Bayon uslubida ham joziba bordir, ba'zi she'rlar hikmatdir", dedilar.

897. Amr ibn Salomdan rivoyat qilindi: Abdulmalik ibn Marvon farzatstsiga Sha'biyni

tarbiyachi qilib olib keddi va: "Ularga she'r (san'atini) o'rgatginki, el ichida bu borada

mashhur bo'lsinlar; ularga go'sht berginki, yuraklari baquvvat bo'lsin; ularning sochlarini

olib turginki, bo'yinlari mustahkam bo'lsin; ular bilan odamlarning sharaflilari yonida

o'tirginki, toki ular bilan munozara qila bilsinlar.

387-bob. She'rdan ham karih ko'rilgan narsalar haqida

898. Hz.Oyisha (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) "Insonlarning eng katta gunohkori

qabilasini hajv qilgan shoir va otasini inkor qilgan (undan kechgan) odamdir", dedilar".

388-bob. Ko'p gap haqida

899. Ibn Umar (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) zamonlarida Mashriqdan ikki xatib

(notiq) kelib nutq so'zladi, so'ng Rasululloh (s.a.v.)ning xatiblari Sobit ibn Qays (r.a.)

gapirdi, odamlarga ikki xatibning gaplari yoqdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) turib

so'zladilar va: "Ey, insonlar, qisqa so'zlang, chunki gaplarni bezab gapirish

shaytondandir", dedilar". So'ng: "So'zning ham sexri bor", dedilar.

900. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Bir kishi xalifa Umar (r.a.) ishtirok etgan bir yig'inda

nutq so'zladi. Uzoq, ezmalanib gapirdi. Hz. Umar (r.a.):"Ezmalanib gapirmoq

shaytondandir", dedilar.

www.ziyouz.com kutubxonasi 139

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!