19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

yaxshilikka undov, taqvodorlarning vasflari keltirilgan bo'lsa, bunday she'rlar maqbul

hisoblanadi. Bordiyu she'rda kimnidir qajv va masxara etilgan yoxud u ayollar madhiga

bag'ishlangan bo'lsa, bu turdagi she'rlar harom hisoblaiadi

881. Mutarrif aytdilar: "Men Imron ibn Husaynga Kufadan Basragacha bo'lgan yo'dda

hamroh bo'ldim. Yo'l asnosi qaysi joyda to'xtab dam olganimizda u kishi menga she'r

o'qib: "Kinoyali so'zlarda yolg'ondan qochishlik bor", derdi".

882. Ubay ibn Ka'bdan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "She'rlarning hikmatlisi ham

bor", dedilar".

883. Asvad ibn Sari' aytdilar: "Yo Rasulalloh, men Parvardigorimni go'zal sifatlar bilan

maqgab madhiya bitdim", dedim. Ul zot: "Parvardigor hamdni yaxshi ko'radi", dedilar va

boshqa hech narsa qo'shimcha qilmadilar".

884. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Kishining qorni jarohat bilan

yiringga to'lishi she'r bilan to'lishidan yaxshiroqdir", dedilar".

885-hadis 883-hadisning takrori, faqat unda Asvad ibn Sari' Rasu-lullohdan "Rabbimga

bag'ishlangan madhiyamni o'qib bersam maylimi?" - deb so'raydi.

Oyisha (r.a)ga: Abu Hurayra (r.a.) "Sizlardan biringizning qorni she'rga to'lishi..." deya

yuqoridagi hadisni aytgani bildirildi. Shunda Oyisha (r.a): "Abu Hurayraga Xudo rahm

qilsin, hadisning boshini yodlabdi-yu, oxirini yod olmabdi. Mushriklar Rasululloh (s.a.v)ni

hajv qilib, she'r to'qir edilar. Shuvdan keyin ul zot: "Sizlardan biringizning ichi mana

shunday hajviy she'rlar bilan to'lganidan ko'ra, yiringa to'lgani yaxshiroqdir", .

degandilar", deb javob berdilar. Tag'oviy aytadilar: "Hadisdagi she'rdan Rasululloh

(s.a.v)ni hajv qilingani ko'zlangan bo'lganida edi, "to'lmoq" lafzi kelmasdi. Chunki unday

hajviyalarning ozi ham, ko'pi ham kufrdir ".

886. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Hasson ibn Sobit rasululloh (s.a.v.)dan mushriklarni

hajv qilishga ruxsat so'radi. "Mening nasabim(ni mushriklarning haj-viyalaridan) qanday

(holi qilasan)?" - dedilar Rasululloh (s.a.v.) "Xamirdan qil sug'urgandek ulardan sizni

tortib olaman", dedi".

Ya'ni mushriklarning ahmoqona bo'htonlaridan nomingizni himoya qilaman, demoqchi

(t.).

887. Hishom otasidan shunday naql qilgan: "Oyisha onamiz huzurlarida Hasson ibn

Sobitni so'kishgan edi, "Uni so'kmangiz, chunki u Rasululloh (s.a.v.)ni mudofaa qilardi",

dedilar".

382-bob. Go'zal va yomon she'rlar haqida

888-hadis 882-hadisning aynan takroridir.

889. Abdulloh ibn Amr (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "She'r so'zining qandayligiga

qarab belgilanadi: yaxshisi yaxshi so'z, yomon, qabihi esa, axloq-siz so'z kabidir",

dedilar".

www.ziyouz.com kutubxonasi 138

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!