19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

875. Abdulloh ibn Zubayr aytdilar: "Hz. Oyisha "Yo Rasulalloh! Boshqa ayollaringizni

kunyalagan ekansiz. Meni ham kunyalamaysizmi? - dedilar. Rasululloh Abdulloh ibn

Zubayr (r.a.)ni (ya'ni meni) ko'rsatib: "O'g'ling bilan kunyalan", dedilar.

Ya'ni kunyang Ummu Abdulloh bo'lsin.

378-bob. Kishining o'zidagi biron belgi bilan kunyalash haqida

876. Sahl ibn Sa'ddan rivoyat qilindi: "Hz. Ali (k.v.)ga yoqimli ism Abu Turob edi. Kim u

kshpini shunday deb chaqirsa, xursand bo'lardilar. U kishini fa-qatgina Rasululloh

(s.a.v.) bu kunya bilan ataganlar. Bir kuni hazrat Ali hz. Fotima (r.a.)dan xafa bo'lib,

uydan chiqib ketdilar va masjidning devoriga suyanib oddilar. Rasululloh (s.a.v.) kelib u

kishini so'radilar, devorning tagida o'tirganlarini aytishdi. Payg'ambar (s.a.v.) u kishining

oddilariga keddilar. Hz. Alining orqalari tuproqqa belanib ketgan edi. Rasululloh (s.a.v.)

u kishini turg'azib, ustboshlarini qoqib qo'ydilar va: "O'tir, Abu Turob", dedilar".

"Abu Turob" bu o'rinda "Tuproq otasi" degan ma'noda emas, balki Ali (k.v)ning ust-boshi

tuproq bo'lib ketgani uchun Rasululloh (s.a.v) majoziy ma'noda uni shunday deb

kunyalaganlar.

379-bob. Yoshi ulug' va hurmatli kishilar bilan birga yurish haqida

877. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) Abu Talha (r.a.)ning xurmozorida

o'tirganlarida hojatga chiqtsilar. Bilol (r.a.) yonlariga bordilar. Payg'ambar (s.a.v.) bir

qabrning yonidan o'taetib, Bilol (r.a.) yetib kelgunicha turib qoldilar va: "Sho'ring qursin,

ey Bilol, men eshitayotgan narsani eshitayapsanmi?" - dedilar. Bilol (r.a.): "Men hech

narsa eshitmayapman", deb javob berdilar. Shunda ul zot: "Bu qabr egasi

azoblanmoqda", dedilar. Keyinchalik bu

qabrda yotgan mayit yahudiy ekani ma'lum bo'ldi".

380-bob. Adab haqida

878. Qays aytdilar: "Muoviya kichkina ukasiga: "Xo-dim bolani mingashtirib ol", dedi. U

ko'nmadi. Shun-da Muoviya. "Sen qanday yomon tarbiya olgansan-a!" - dedi. Kdys

atdilar: "Men Abu Sufyonning unga "Ukangni o'z holiga qo'y", deganini eshitganman".

879. Amr ibn Oss (r.a.) aytdilar: "Do'stlar ko'pay-gan sari burchlar ham ko'payadi".

Roviy Yahyo: "Men Musodan burchlarning nima ekanligani so'ragan edim, u: "Haklar",

deb javob berdi.

381 -bob. Ba'zi she'rlar hikmat bo'lishi haqida

880. Xolid ibn Kayson aytdilar: "Men Abdulloh ibn Umarning huzurlariga borgan edim.

Oldilarida Yosibn Haysama bor ekan, u: "Ey, Foruqning o'g'illari! She'rlarimdan o'qib

beraymi?" - dedi. U kishi: "Ha faqat yaxshisini o'qi", dedilar. She'rning Ibn Umarga

yoqmaydigan joyi kelganda "Bas qil!" - dedilar.

Ya'ni barcha she'rlar ham birdek maqbul emas, shu bilan birga she'rni butunlay rad

etilmaydi. Balki uning ma'nosiga qaraladi: agar unda Allohning sifatlari, ne'matlari,

www.ziyouz.com kutubxonasi 137

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!