19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

373-bob. Payg'ambarimiz (s.a.v.)ning ism va kunyalari

866. Jobir (r.a.) aytdilar: Bir xonadonda farzand tug'ildi. Ismini Qosim deb qo'ydi.

Ansorlardan biri: "Senga Abulqosim kunyasini bermaymiz, bu kunya bilan seni

ulug'lamaymiz", dedi. Farzand ko'rgan ota Rasululloh (s.a.v.)ga borib bu haqda arz qildi.

Rasululloh (s.a.v.): "Juda yaxshi aytibdi, ismimni ism kilib qo'ying, lekin kunyamni ism

qilib qo'ymang, chunki men Qosimman".

867. Ibn Xanafiya aytdilar: "Hz. Ali (k.v.): "Ey, Allohning Rasuli, sizdan keyin

farzandimga ismingizni yoki kunyangizni qo'ysam bo'ladimi?" - deb so'radilar. "Ha", deb

javob berdilar ul zot".

868-hadis 866-hadisning mazmunan takrori. 869-hadis ham Anas ibn Molikdan rivoyat

tsshingan bo'lib, 860-hadisning takroridir, Abu Huray-radan rivoyat tsilingan 859-

hadisda ham, Jobir ibn Abdullohdan rivoyat qilingan 860 va 862-hadislarda ham shu

mazmun ifoda etshgan.

374-bob. Mushrik ham kunyasi bilan chaqiriladimi

870. Usoma ibn Zayd aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) Abdulloh ibn Ubay ibn Salul

qatnashayotgan bir yig'inga bordilar. O'shanda u hali Islomni qabul qilmagandi. U:

"Yig'ilishimizga zarar yetkaz-ma", dedi. Rasululloh (s.a.v.) Sa'd ibn'Ubodaning oldiga

borib: "Eshitdingizmi, Abu Habobning nima deganini?" - dedilar va bu bilan Abdulloh ibn

Ubay ibn Salulni nazarda tutdilar".

375-bob. Go'daklarning kunyasi haqida

871. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) biznikiga kirdilar. Kichkina

ukamga Abu Umayr degan kunya (laqab) berdilar. Uning bir chumchug'i bo'lib, uni

o'ynab o'tirardi. Bir kuni chumchug'i o'lib qoldi. Rasululloh (s.a.v.) uyimizga kirib ukamni

xafa bo'lib turganini ko'rdilar va: "Unga nima bo'ldi?" - deb so'radilar. "Uning chumchug'i

o'lib qoldi", deyishdi. Shunda ul zot: "Ey, Abu Umayr, chumchuqqa nima bo'ldi?" dedilar.

376-bob. Tug'ilmagan bolaga kunya berish haqida

872. Ibrohim (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Abdulloh Alqama tug'ilmasidan oldin unga Abu

Shibl, deb kunya qo'ygandilar .

873-hadis mazmuni 872-hadisning takroridir.1 Bu hadisning mazmuni 178-bobdagi 389-

hadisda qisman o'tgan, U hadis ham Anas ibn Molikdan rivoyat qilingan edi. 389-hadisda

"maynachang", deyilgan edi.2 Alqama ibn Qaysning xojasi va ustozi Abdulloh ibn Mas'ud

ko'zda tutilgan. Alqamaning otasi ham Abdulloh ibn Mas'udning Quli edi, ammo ularning

do'stligi ham bo'lgan, shuning uchun uning tug'iladigan bolasiga hali tug'ilmasdanoq Abu

Shibl, ya'ni Sherbachchaning otasi, deb kunya bergan bo'lsalar kerak, vallohu a'lam.

377-bob. Ayollarning kunyasi haqida

874-hadis mazmuni 875-hadisda keladi.

www.ziyouz.com kutubxonasi 136

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!