19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

1. Ummatlariga bo'lgan buyuk marhamatlari sababli ularga qiyinchilik bo'lishini o'ylab

(F.s).

2. Bu hadis mazmuni, vallohu a'lam, shunday: arablarda Raboh ismi uchramaydi.

"Raboh" ismi ibroniycha bo'lib, arablar go'daklarga bu ismni qo'ymaydilar, ammo bu

ismni qo'yish man' etilmagan. Modomiki, Payg'ambarimiz xodimlaridan birining ismi

Raboh ekan, bu ism joriydir

3.Ya'ni men faqatgina Qosim ismli farzandim bo'lganligi uchungana emas, balki Alloh

tomonidan dunyoviy va uxroviy ishlarda taqsimotchi qilib yuborilganim uchun azaliy

qismat taqozosi bilan Abulqosimman

860. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) bozorda yurgan edilar, bir kishi:

"Ey, Abulqosim", dedi. Ul zot unga qaradilar. U kishi: "Ey, rasulalloh, men sizni

chaqirmagandim", dedi. Rasululloh (s.a.v.): "Mening ismimni qo'yinglar, kunyam bilan

kunyalanmanglar", dedilar".

861. Yusuf ibn Abdulloh ibn Salom (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) menga Yusuf

nomini berdi-lar, quchoklariga olib, boshimni siladilar".

862. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Ansorlarimizdan birining xonadonida o'g'il

tug'ilib, ismini Muhammad qo'ymoqchi bo'ldi". Shu'ba Mansurning hadisida shunday deb

rivoyat qildi: "Ansorlardan biri o'g'lini ko'tarib Rasulullohning huzurlariga keldi", dedi.

Sulaymon aytgan hadisda esa, bunday: "Uning bir o'g'li bo'lib, ismini Muhammad, deb

atashni istagan edi". Ra-sululloh (s.a.v.): "Ismimni ism qilib qo'yinglar, ammo kunyamni

olmanglar, chunki, men adolatli taqsim qiluvchi bo'lib keldim va shuvday qilyapman",

deb marhamat qildilar. Roviy Husayn ham shunday deb naql etgan.

863. Abu Muso (r.a.) aytdilar: "O'g'lim tug'ilgach, Rasululloh (s.a.v.)ning huzurlariga

keltirdim. Rasululloh (s.a.v.) uning ismini Ibrohim qo'yib, xurmo chaynab, u bilan

chaqaloqning tanglayini ko'tardilar. So'ng o'g'limga barakotli umr tilab duo qildilar". Bu

Abu Musoning to'ng'ich o'g'li edi.

372-bob. Hazn ismi haqida

864. Sa'id ibn Musayyib otasidan, u bobosidan rivoyat qildi: (Sa'idning bobosi Hazn)

Payg'ambar (s.a.v.) huzurlariga kelganida undan: "Isming nima?" ~ deb so'radilar.

"Hazn", dedi. Ul zot: "Endi isming Saxl bo'lsin", dedilar. U: "Men otam qo'ygan ismni

o'zgartirmayman", dedi. (Ibn Musayyib aytadi: hali hamon uyimizdan g'am-anduh

arimaydi).

"Hazn"ning ma'nosi "g'am-anduh", shuning uchun Rasululloh uni o'zgartirishni

aytganlarini hamda so'zlari qabul bo'lmay, yerda qolishining oqibati qanday bo'lishini

anglatilmoqchi.

865-hadis mazmuni 864-hadisda aynan takrorlangan.

www.ziyouz.com kutubxonasi 135

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!