19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

"Ey, Hasosiy! Sen Allohdan rozi bo'lginki, qaysidir yaxttti ishing uchun u seni O'zining

Rasuli bilan birga bo'lmoqqa muyassar etdi", dedilar. "Oga-onam sizga fido bo'lsin.

Allohdan hech bir shikoyatim yo'q. U har bir xayrli ishga meni yo'lladi", dedim. Biroz

yurgach, mushriklarning qabristoni yonidan o'tdik. "Mana bular barcha xayrli ishlardan

yuz o'girib o'tdi-lar", dedilar. So'ngra musulmonlarning qabristoni yonidan

o'tayotganimizda: "Bular esa, barcha xayrli ishlarni qildilar", deb marhamat qildilar. Shu

orada qabrlar ustida poyabzali bilan yurgan bir odam ko'rindi. "Ey, sabtiya kiyib olgan

odam! Poyabzalingai yechib tashla!" - deb buyurdilar. U ham tezda poyabzalini yechib

tashladi .

853-hadis mazmunan 852-hadisning takrori, bu hadis Hasosiyning xotini Laylodan

rivoyat qilingan.

368-bob. Barra degan ism haqida

854. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilindi: "Juvayriyaning ismlari Barra edi, Rasululloh

(s.a.v.) uni Juvayriya, deb nomladilar".

855. Abu Hurayra aytdilar: "Maymunaning ismlari Barra edi, Payg'ambar (s.a.v.) unga

Maymuna ismini berdilar".

Mazkur hadis mazmuni Bashir ibn Ma'bad Sadusiqdan rivoyat Qilingan 793-hadisda ham

bor.

Maymuna - baxtli, qutlug'.

369-bob. Aflah ismi haqida

856. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) Rasululloh (s.a.v.) dan rivoyat qildilar: "Xudo menga umr

bersa, inshoalloh, ummatlarimni dan qaytaraman", dedilar. Roviy A'mash: "Rafi' ismi

haqida gapirgan yo gapirmaganlarini bilmayman", dedi. Odamlar: "Barakot bu yerdami?"

- deb so'raganda. "Bu yerda emas", deb javob beriddi. (Bu bilan ism emas, so'zning

ma'nosi nazarda tutilmoqda). Rasululloh (s.a.v.) vafot etgunlarigacha bu ismlarni

taqiqlamadilar.

857. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) Ya'lo, Baraka, Nofi', Yasor,

Aflah va shunga o'xshash ismlar quyishdan qaytarishni xohladilar. So'ngra1 sukutga

cho'mdilar va boshqa hech narsa demadilar.

370-bob. Raboh ismi haqida

858. Umar ibn Xattob (r.a.) aytdilar: "Payg'ambar (s.a.v.) ayollaridan alohida o'targan

vaqglarida Rasululloh (s.a.v.)ning yonimdagi xodimyaari Rabohta: "Ey, Raboh,

Rasululloh (s.a.v.)dan kirishim uchun izn so'ra", dedim".

371-bob. Payg'ambarlarning ismlari haqida

859. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Mening ismimni

(go'daklarga) qo'yinglar, lekin mening kunyam bilan hech kimni chaqir-manglar. Men

Abulqosimman" , dedilar.

www.ziyouz.com kutubxonasi 134

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!