19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

364-bob. Shihob ismi haqida

848. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Bir kishi Rasulullohhuzur-larida uni Shihob, deb

chaqiripsharini aytdi. Rasululloh (s.a.v.): "Yo'q, sening oting Hishom bo'lsin" dedilar.

Shihob - nur, shu'la, yulduz, olov, Hishom - kamtarlik, tovozelik, uyatchanlik ma'nolarini

anglatadi.

365-bob. Al-Os ismi haqida

849. Abdulloh ibn Muti' aytdilar: "Muti'dan eshitdim: "Rasululloh (s.a.v.) Makka fathi

kuni "Quraysh qabilasi bundan keyin to qiyomatgacha qatli om qilin-maydi", dedilar.

O'shanda Muti'dan boshqa quraysh osiylari Islomga kirmagandilar". Uning ismi Al-Os

edi. Rasululloh (s.a.v.) uni Muti' deb nomladilar.

“Al-Os” arab tilida' "osiy, gunohkor" degani bo'lib, Muti'ning ismi ham shunday edi.

"Muti'" esa, "bo'ysinuvchi" , "itoatkor" degan ma'nodadir. Quraysh qabilasida Mutadan

boshqa yana to'rtta Al-Os ismli kishilar bo'lib, ular hali Islomni qabul qilmagandilar.

366-bob. Ismni qisqartirib chaqirish haqida

850. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Ey, Oyish! Jabroil (a.s), senga salom

yo'llamoqdalar", dedilar. Men unga ham Allohning salomi va rahmati bo'lsin, dedim. Ul

zot men ko'rmagan narsani ko'rardilar".

851. Ibrohim Basriy aytdilar: "Hajga borib kelgan buvim Ummu Kulsum binti Samoma

menga aytib bergandilar: akalari Maxoriq ibn Samoma Ummu Kulsumga: "Oyisha

(r.a.)ning oldilariga kirib, ulardan Usmon ibn Affon (r.a.) haklarida so'rab chiqing,

odamlar u kishi haqida juda ko'p gapirmoqdalar", dedilar. Ummu Kulsum aytdilar: "Men

Oyisha (r.a.)ning huzurlariga kirib: "O'g'illaringizdan biri sizga salom yo'lladi va Usmon

ibn Affon (r.a.) haqlarida fikringizni so'ra-di", dedim. Oyisha (r.a.): "Unga ham Allohning

salomi va rahmati bo'lsin. Usmon ibn Affon (r.a.) haqida bo'lsa, men shunga

guvohmanki, mana shu uyda, issiq bir kecha-da Payg'ambar (s.a.v.)ga Jabroil (a.s.)

vahiy olib tush-gan edilar, Usmon (r.a.) ham shu yerda edilar. Payg'am-bar (s.a.v.)

Usmon (r.a.)ning yelkalariga urib: "Yoz, ey, Usm", degan edilar. Alloh taolo Rasululloh

(s.a.v.) tili bilan shunday yuksak darajaga ko'targan odam (Usmon) albatta yaxshi

odamdir. Kimki Usmon (r.a.)ni so'ksa, unga Allohning la'nati bo'lsin!" - dedilar.

U kishi haqida ko'p gapirmoqdalar deyishdan murod yomon gaplardir.Bu o'rinda

"o'g'illaringizdan biri" deyilishiga sabab, Alloh taolo Qur'onda bildirgani kabi Rasululloh

(s.a.v.)ning ayollari barcha mo'minlarning onalari bo'lganliklari uchundir.

367-bob. Zahm ismi haqida

852. Bashir ibn Nuhayk aytdi: "Bashir ibn Hasosiy (r.a.)ning ilgariga ismi Rasululloh

(s.a.v.) huzurlariga borguniga qadar Zahm edi. "Sening isming nima?" - deb so'radilar

Rasululloh (s.a.v.). "Zahm", deb javob berdi. Rasululloh (s.a.v.) buni eshitib: "Yo'q,

sening isming Bashir bo'lsin", dedilar. Men bir kuni Rasululloh (s.a.v.) birga edim, ul zot:

www.ziyouz.com kutubxonasi 133

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!