19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

361-bob. "Osiya" ismini o'zgartirish haqida

Bu o'rindagi "Osiya" arab tilida "sod" harfi bilan yozilib, "isyonkor ayol" degan ma'noni

beradi

843. Ibn Umardan rivoyat qilindi. Rasululloh (s.a.v.) Osiya (degan bir ayol)ning ismini

o'zgartirdilar va: "Sen endi Jamilasan", dedilar.

Jamila go'zal degan ma'noni anglatadi

844. Amr ibn Atodan rivoyat qilindi. U Zaynab binti Abu Salamaning oldiga kirganida

Zaynab uddan singlisining ismini so'radilar. Amr: "Uning ismi Barra", deb javob berdi.

Zaynab: "Uning ismini o'zgartiring, Rasululloh (s.a.v.) Zaynab binti Jahshga

uylanganlarida uning ismi Barra edi. Ul zot ismini o'zgartirib, Zaynab deb nomladilar.

Ummu Salamaga uylangan paytlarida. mening ismim Barra edi. Ul zot meni "Barra" deb

chaqirishayotganini eshitib: "O'zlaringiz o'zlaringizni pokiza, deb atamanglar, zero

sizlardan kim pokiza, kim fojira, buni Alloh bilguvchiroqdir. Unga Zaynab deb ot

qo'ying", dedilar.Ummu Salama: "Bo'dtsi, bugundan boshlab u Zaynab", dedilar. U

Zaynab binti Abu Salamaga "Unda singlimga ism qo'yib bering", dedim. "Paygambar

(s.a.v.) o'zgar-targanlariday o'zgartirib, Zaynab qo'ying", dedilar.

362-bob. Sarm degan ism haqida

845. Abdurrahmon ibn Saiddan rivoyat qilindi: Sa'idning ismi Sarm edi. Rasululloh

(s.a.v.) uni "Sa'id", deb nomladilar.

846. Hz. Ali (k.v.) aytdilar: Hasan tug'ilgan vaqgda unga Harb, deb ism qo’ydim.

Rasululloh (s.a.v.) kelib: "Menga o'g'limni ko'rsating-chi, ismini nima deb qo’ydingiz?" -

dedilar. Biz: "Uni Harb deb nomladik", deganimizda, "Yo'q, uning ismi Hasan", dedilar.

Husayn tug'ilganda, uni ham Harb deb nomladim. Rasululloh (s.a.v.) kelib: "Menga

o'g'limni ko'rsating-chi, ismini nima deb qo'ydin-gaz?" - dedilar. Biz: "Harb", dedik,

"Yo'q, uning ismi Husayn", dedilar. Uchinchi o'g'lim tug'ilganda unga Harb deb nom

qo'ydim. Rasululloh (s.a.v.) kelib: "Menga o'g'limni ko'rsating-chi, ismini nima deb

qo'ydingiz?" - dedilar. "Harb", dedik. "Yo'q, u Muhsindir", dedilar. So'ng: "Men bularni

Horun (ax.)ning Shibr, Shubayr va Mubashshir degan o'g'illarining ismlari kabi

nomladim", dedilar".

363-bob. G'urob degan ism haqida

847. Ummu Roita binti Muslimning otasi aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.) bilan Hunayn

g'azotida birga qatnashdim. Ul zot mendan: "Oting nima?" - deb so'radilar. "G'urob"

deganimda, "Yo'q, sening isming Muslim bo'lsin", dedilar.

Sarm - keskin ma'nosini anglatadi,

Sa'id - baxtli degani.

Hasan - yaxshilik, ezgulik degani, Husayn Hasanning erkalatib aytilgani,

Muhsin - yaxshilik qiluvchi degani.

G'urob - qarg'a.

Muslim - bo'ysungan, itoatkor.

www.ziyouz.com kutubxonasi 132

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!