19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

"(Go'daklarga) payg'ambarlarning ismlarini qo'yinglar. Allohga eng yoqimli ismlar

Abdulloh va Abdurrahmondir, eng sodig'i Horis* va Hammom*dir, eng yoqimsizi esa

Harb va Murra* ismlaridir".

* Horis - yer haydovchi; dehqon. *Hammom - g'ayratli, tinib-tinchimas, charchamas

degan ma'noda. *Harb - bu o'rinda jangovor ma'nosida. *Murra - rad etilgan,

la'natlangan.

838. Jobir ibn Abdulloh aytdilar: "Oramizda bir kishi farzand ko'rdi va ismini Qosim, deb

qo'ydi. Biz unga: "Biz seni Abulqosim* degan kunya bilan chaqir-maymiz va hurmat ham

qilmaymiz", dedik. U odam bu haqda Rasululloh (s.a.v.)ni xabardor qilgach, ul zot unga:

"Ug'lingga Abdurrahmon, deb ism qo'ygan", dedilar".

* Abulqosim aslida Rasulullohning kunyalari, shunga ko'ra odamlar Qosim ismini rad

qilganlar, bu haqdagi mazmun 859, 860 va 862-hadislarda keladi.

357-bob. Ismni o'zgartirish haqida

839. Sahl ibn Sa'd aytdilar: "Munzir ibn Abu Usayd go'dakligida Payg'ambar (s.a.v.)

huzurlariga keltarildi va uni Rasululloh (s.a.v.)ning tizzalariga qo'ydilar, yoniga otasi Abu

Usayd ham o'girdi. Rasululloh (s.a.v.) nimadir ish bilan mashg'ul bo'lib bolaga e'tibor

bermadilar. Abu Usayd o'g'lini Payg'ambar (s.a.v.) tazzalaridan olib ketishni buyurdi. Bu

orada Rasululloh (s.a.v.) ishlarini tugatab: "Go'dak qani?" - deb so'radilar. Abu Usayd:

"Uni uyga olib ketashdi, yo Rasulalloh", dedi. "Ismi nima?" - so'radilar ul zot. U:

"Falonchi", degandi, ul zot: "Yo'q, uning ismi Munzir bo'lsin", dedilar. Go'dak o'sha

kutsdan e'taboran Munzir* deb nomlandi".

*Munzir - xabar beruvchi, ogoh qiluvchi.

840. Abu Hurayra (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ning "Alloh huzurida eng uyatli ism kishining

"Moliku-l-amlok"*, Shahanshoh* shohlar shohi deb atalishidir" deganlarini xabar qildi.

*Moliku-l-amlok - mulklar egasi yoki shahanshoh; bu ism takabburlik alomati bo'lganligi

uchun Xudoga xush kelmagan.

359-bob. Birovning ismini kichraytirib, erkalab chaqirish haqida

841. Talq ibn Habib aytdilar: "Men shafoatni3 yolgon deydigan odamlarning eng

ashaddiysi edim. Jobir ibn Abdullohdan bu haqda* so'radim. U kishi: "Men Nabiy

(a.s.)ning "Do'zaxga kirganlar keyin chiqadilar", deganlarini eshitganman, ey Tulayq,

sen o'qigan narsani biz ham o'qiymiz", dedilar.

360-bob. Kishini o'zi yoqgargan ism bilan chaqirish haqida

842. Xanzala ibn Xizyam aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) odamlarni o'zi yoqtirgan ismi bilan

chaqirishni, o'zi sevgan kunyasi bilan atashni xush ko'rardilar.

www.ziyouz.com kutubxonasi 131

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!