19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

353-bob. Abul Hakam kunyasi haqida

834. Shurayx bin Honiy aytdi: Honiy ibn Yazid qav-mdoshlari bilan hay'at tuzib

Payg'ambarimiz huzurlariga bordi. Rasululloh (s.a.v.) qavmdoshlari uni Abul Hakam, deb

chaqirayotganlarini eshitib, uni yonlariga chorladilar va: "Hakam - Alloh taolodir, barcha

xukm Unga oiddir. Nega sening kunyang Abul Hakam?" - deb so'radilar. U:

"Qavmdoshlarim o'zaro ixtilof qilib qolsalar, mening oldimga kelishadi, men o'rtalarida

Hakamlik qilaman, urishganlari yarashib ketishadi", Deb javob berdi. Ul zot: "Bu qanday

yaxshi ish!" - dedilar. So'ng: "Farzandlaring bormi?" - deb so'radilar. U: "Mening

Shurayh, Abdulloh va Muslim degan o'g'illarim bor", dedi. Ul zot: "Ularning katgasi

qaysi?" deb so'radilar. "Shurayh", deb javob berdi u. Shunda Rasululloh (s.a.v.):

"Bo'lmasa, sen Abul Shurayh bo'la-qol", dedilar va uni o'zining va farzandlarining haqiga

duo qildilar. Rasululloh (s.a.v.) bir kishini odamlar "Abdulxajar, deb chaqirayotganlarini

eshi-tib, "Isming nima?" - deb so'radilar. "Abdulxajar", dedi. Ul zot: "Yo'q, sen

Abdullohsan", dedilar.

Shurayh aytadi: (Otam) Honiy yurtiga keytib kettach, Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga

yana qaytib keldi va: "Menga jannatni yujib qiladigan narsa haqida xabar bering", dedi.

Ul zot: "Senga xush kalom, xush muomalali bo'lish va (muhgojlarga) taom berishni

kanda kushma", dedilar.

Abdulhajar - toshning quli.

354-bob. Rasululloh (s.a.v.) chiroyli ismni yaxshi ko'rardilar

835. Abu Hadrad (r.a.)dan rivoyat qilindi: Rasululloh (s.a.v.): "Mana shu tuyamizni kim

sug'orib keladi?" yoki: "Mana shu tuyamizni kim (Makkagacha) haydab boradi?" -

dedilar. Bir kishi: "Men", dedi. Ul zot undan: "Isming nima?" - deb so'radilar. "Falonchi",

deb ismini aytdi. Ul zot "O'tar", dedilar. So'ng boshqa odam turdi. Rasulul-loh (s.a.v.)

undan ham: "Isming nima?" - deb so'radilar. U ham ismini aytdi, unga ham "O'tir",

dedilar. So'ng boshqasi turdi. Ul zot: "Isming nima?" - deb so'radilar. "Nojiya" , dedi u.

Rasululloh (s.a.v.): "Tuyani senga top-shiramiz, uni sen (Makkagacha) haydab bor",

dedilar.

Nojiya - najot topgan, mo'min-qobil degani. Ismning ma'nosiga qarab insonning fe'latvorini

belgilash haqidagi fan bizning zamonamizda endigana yuzaga keldi. Ehtimolki,

bu fanta Rasululloh (s.a.v.) asos solgandirlar, vallohu a'lzm.

355-bob. Tez yurish haqida

836. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) juda ham shoshib keldilar. Biz

o'tirgandik, ul zot-ning naqadar shoshganlari bizni tashvishga soldi. Ol-dimizga kelib

to'xtagach, salom berdilar, so'ng: "Siz-larga "Laylatu-l-qadr"ning xabarini yetkazayin,

deb shoshilib keldim, lekin shu orada uning qaysi kun-daligini unutib qo'ydim, Uni

Ramazon oyining oxirgi o'n kunligidan izlang", dedilar.

356-bob. Alloh taologa yoqimli ismlar haqida

837. Uqayl bin Shabib Abu Vahbdan rivoyat qiladi: Rasululloh (s.a.v.) dedilar:

www.ziyouz.com kutubxonasi 130

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!