19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

ma'no chiqmaydi. Balki ul zot (s.a.v) bu hadisi shariflari orqali Allohga shirk keltiryup eig

og'ir gunoh ekani, undan o'zga har qanday gunohni qilgan banda qayta qilmaslik sharti

bilan tavba qilsa, Alloh kechirishi mumkinligini bildirmoqdalar. Umu-man, G'azzoliy kabi

ulamolarning fikrlaricha, xoh kichik, xoh katta gunohlar uchun istig'vor aytish va qayta

shu gunohni qilmaslikka qasd qilinsapsha uning kechirilshptsdan umid kdlish mumkin.

350 bob. "Ota-onam senga fido bo'lsin" deyish haqida

827. Hz. Ali (k.v.)aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) Sa'd ibn Abu Vaqqosdan boshqa kishiga

"Ota-onam senga fido bo'lsin", deganlarini eshitmaganman. Ul zot Sa'dga: "Ot, Sa'd, ot,

ota-onam senga fido bo'lsin!" - degandilar".

Bu voqea Uhud jangi kuni bo'lgan edi.

828. Abdulloh ibn Burayda otasidan rivoyat qildi: Rasululloh (s.a.v.) masjidga

chiqqanlarida Abu Muso Qur'on o'qib o'tirgan edi. "Kim u?" - deb so'radilar Rasululloh

(s.a.v.). "Bu men, fidoyingiz bo'lay, yo Rasululloh, Buraydaman" - dedim. Shunda ul zot:

"Bu odamga oli Dovud (a.s.)ga berilgan xush ovoz ato qili-nibdi" - degan ekanlar.

351-bob. Otasi Islomga kirmagan kishiga "Ey, o'g'lim!" deyish haqida

829. Sa'd ibn Hakim otasidan, u esa bobosvdan rivoyat qildi: "Bobosi aytdi: Umar ibn

Xattobning oldilariga borganimda u kishi menga "Ey, birodarimning o'g'li!" - deb

murojaat qildilar. So'ngra nasabimni surishtirib, otam Islomga kirmaganini eshitgach:

"Ey, o'g'lim!" - deb murojaat qila boshladilar.

Hz. Umar (r.a.) uning otasi Islomga kirmaganini eshitib, birodarimning o'g'li, deb

murojaat qilganliklaridan o'kindilar va musulmon kishini o'g'lim, deb atay boshladilar,

Islomga kirmagan odam musulmonga birodar bo'la olmaydi.

830. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.)ga xizmat qilib yurgan

chog'larimda ruxsatsiz uylariga kirib-chiqib yuraverardim. Bir kuni uylariga kirganimda:

"Ey, o'g'lim! Bundan buyon zinhor ruxsat so'rab kirgin. Allohdan shunday amr keldi",

dedilar".

831. Rivoyat qilishlaricha, Abu Saqd Xudriy (r.a.) Abu Sa'asaning otasini "O'g'lim",

degan ekan.

352-bob. "Xabisat nafsiy" demaslik haqida

832. Hz. Oyisha (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ning shunday deganlarini rivoyat qildilar:

"Sizlardan hech biringiz nafsim ifloslanadi demasin, aksincha, "Mi-jozim buzildi", desin".

Xabisat nafsiy - nafsim ifloslandi, degan ma'noda, laqisat nafsiy - nafsimning mizoji

ma'nosida

833-hadis 832-hadisning takrori, faqatuAbu Umomadan rivoyat qilin-gan va bu hadisni

ilk rivoyat qilgan Ukayl eslatib o'tiladi.

www.ziyouz.com kutubxonasi 129

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!