19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

so'rabdilar. U: "Alloh va falonchi", deb javob beribdi. Ibn Umar: "Unday demagin,

Alloxdan keyin falonchi degin", debdilar".

339-bob "Alloh va sen xohlasang" demaslik haqida

804. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Bir kishi Rasu-lulloh (s.a.v.)ga: "Alloh va siz

xohlasangiz", dedi. Rasululloh (s.a.v.): "Allohga meni barobar qilib qo'yding. Yagona

Allohning o'zi xohlaydi", deb uning gapini tuzatib qo'ydilar".

340-bob. Musiqa va ko'ngilxushlik haqida

805. Abdulloh ibn Dinor aytdilar: "Abdulloh ibn Umar bilan bozorga chikdik. Ashula

aytayotgan kichkina joriya oldidan o'gayotganda Ibn Umar: "Shayton agar birovni tark

qilsa, mana shuni tark qilgan bo'lardi". dedilar".

806. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Mening hech qanday o'yinermakka,

hech qaysi o'yinning menga aloqasi yo'q", dedilar. Ya'ni, botil narsalar bilan

mening hech qanday aloqam yo'q. Demoqchi bo'ldilar".

807. Ibn Abbos Alloh taoloning "Odamlar orasida shunday kimsalar ham borki, ular

bilimsizlik bilan (o'zgalarni) Alloh yo'lidan ozdirish uchun va u (yo'lni) masxara qilish

uchun behuda so'z(lar)ni sotib olurlar" (31:6), degan oyatidagi "behuda so'z" bu ashula

va shu kabilardir", deganlar.

808. Baro ibn Ozib aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): "Salomni yoyinglar va salomlashinglar,

asharot yomondir", dedilar. Hadis roviylaridan Abu Muoviya: "Asharot bu o'yin-kulgu,

ko'ngilxushliqdir", deb izohlaganlar.

809. Fuzola ibn Ubayddan rivoyat qilindi: Ko'pchilik to'planadigan bir joyda odamlar nard

o'ynayotganlarining xabari unga yetib keldi. U g'azab bilan turib, ularni bu ishdan

qatiyan man' qildi. So'ngra: "Nard qimoridan yeyish uchun uni o'ynaydigan odam xuddi

to'ng'iz go'shtini yegan va qon bilan yuvingan kabidir", dedi.

341-bob. To'g'ri yo'lga yurish haqida

810. Zayd ibn Vahb aytdilar: "Ibn Mas'ud: "Sizlar faqihlari ko'p, xatiblari kam, sadaqa

kam so'raladigan, hadya, xayr-ehson ko'p beriladigan va lahv, bekorchi ishlardan foydali

amallar ustun kelgan bir zamonda yashayapsiz. Sizlardan keyin bir davr keladi-ki, unda

faqihlar kam, notiqlar serob bo'ladi, ko'p-ko'p sadaqa so'raladi, hadya, xayr-ehson kam

beriladi va behuda ko'ngilxushliklar foydali amallardan us-tun kelib qoladi. Shuni yaxshi

bilingki, oxir zamon-da to'g'ri yo'lda yurish ba'zi amallardan ko'ra yaxshi-roq bo'lib

qoladi", dedilar.

811. Jurayriy aytdilar: "Men Abu Tufayldan: "Siz Rasululloxni ko'rganmisiz?" - deb

so'radim. U kishi: "Ha, yer yuzida mendan boshqa Nabiy (a.s.)ni ko'rgan ti-rik odam

borligini bilmayman", dedilar va yana: "Ul zot oppoq, go'zal va yoqimli yuzli edilar",

dedilar".

812-hadis 811-hadisning aynan takrori.

www.ziyouz.com kutubxonasi 126

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!