19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

qo'shtabaqalimidi?" - deb so'radim. U: "Bir tabaqali eshik edi", dedi. "Eshik nimadan

yasalgandi?" - deb so'radim yana. U: "Qora archadan yoki sajdan* edi", deb javob berdi.

*Janubiy mintaqalarda o'sadigan siyoh rang daraxt yog'ochi

798. Abu Hurayra aytdilar: Rasululloh "Odamlar uylarini rasmlar bilan

bezatmagunlarigacha qiyomat qoyim bo'lmaydi", dedilar.

335-bob. "Otang haqi", deyish haqida

799. Abu Hurayradan rivoyat qilindi: "Bir kishi Rasululloh (s.a.v.) oldilariga kelib: "Ey,

Allohnng Rasuli, eng ko'p ajru savobga ega bo'ladigan sadaqa qaysi?" - deb so'radi. Ul

zot: "Otang haqi, buni senga bayon qilinadi. Sen sog' paytingda, kambag'al bo'lib

qolishdan qo'rqib baxillik qilgan va boylikni orzu qilgan paytingda sadaqa qilishing kerak.

Sadaqani kechiktirib, joning xalquminga kelganda "Falonchiga muncha, pistonchiga

shuncha" deb qolmaginki, u pay-tda sen aytmasang ham (mol-dunyoing) "falonchilar"ga

qoladi", dedilar".

336-bob. Kishi birovdan kichik narsa so'rashi va uni maqtamasligi kerak

800. Abdulloh ibn Umar aytdilar: "Sizlar birovdan zarur bo'lib qolgan narsa so'rasa

kichikroq, ahamiyatsizrog'ini so'rasin, zero unga taqdirida belgilangani nasib qiladi.

Sizlardan hech kim do'stining oldiga borganda uni maqtamasinki, belini sindirib qo'yadi".

801. Abu Izzat Yasor ibn Abdulloh Huzaliydan rivo-yat qilindi: Nabiy muhtaram (s.a.v.)

aytdilar: "Agar Alloh taolo bir bandaning jonini biror yerda olishni xohlasa, uni o'sha

yerga keltirib qo'yadi yoki u banda uchun o'sha yerdan bir ehtiyoj chiqarib qo'yadi".

337-bob. "Senga qasd qilgan past bo'lsin!" deyish haqida

802. Abu Abdulaziz aytdilar: "Abu Hurayra biznikida bir kecha qoldilar. To'g'rida

ko'ringan yudduzga qarab: "Abu Hurayraning joni qudrat qo'lida bo'lgan Allohga

qasamki, ba'zi qavmlar dunyoda ish boshi bo'lshpni va rahbarlik qilishni orzu qiladilar.

Agar ular osmondan oyoklarini uzatib tushgan bo'lsalar ham, (boshqaruvga kelgandan

so'ng mas'uliyat og'irligidan) koshki ish boshi bo'lmasaydik, koshki rahbar

bo'lmasaydik", deb qoladilar". Abu Hurayra menga yaqin-lashib: "Senga qasd qilgan

past bo'lsin, axir, sharq xalklari boshidan bu hodisalar o'tgan-ku! Men: "Allohga

qasamki, shunday", - dedim. Abu Hurayra: "Alloh ularning yuzlarini qora qilsin va

tuzoqlariga o'zlarini tushirsin. Abu Hurayraning hayoti qo'lida bo'lgan Allohga qasamki,

ular odamlarga rahbarlik qilishda jahldan chehralari qatlangan qalqonday bujmayib,

qizarib ketadi. Hatgo dehqon dalasiga, cho'pon podasyushng oldiga ketib qoladi".

Ya'ni shaharga kelib yashab qolgan qishloqlik odamlar ushbu rahbar odamlarning

zulmidan qo'rqib, o'z maskanlariga qaytib ketadilar.

338-bob. Kishi "Alloh va falonchi" demasligi haqida

803.. Ibn Jurayj (r.a.) aytdilar: "Mug'isdan eshitdimki, Ibn Umar undan xojasi kimligini

www.ziyouz.com kutubxonasi 125

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!