19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

322. bob. Avval bo'lib o'tgan voqeani eslatish haqida

778. Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) Ji'irronada Hunayn

g'azotidan tushgan o'ljalarni taqsimlayotgaylarida atroflariga (sahobiylar to'plandilar.

Shunda Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: "Alloh bir qulini o'z qavmiga (payg'ambar qilib)

yubordi. Qavmi uni yolg'on-chiga chiqardi va urib peshonasini yordi. U peshonasidan

oqayotgani qonini artib: "Allohim, qavmimni kechir, ular nima qilayotganlarini

tushunmayaptilar", degandi". Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.) aytdilar: "Shunda men

Rasululloh (s.a.v.)ga qarab turib peshonasidan oqayotgan qonini artib turgan kishini

ko'rgandek bo'ldim".

Ji'irrona - Hunaysh mavzeidagi bir joy nomi, Hunayn mavzesi Hizoj viloyatida bo'lib,

Makkai mukarrama yaqinida joylashgan

323-bob. Musulmon musulmonning aybini berkitishi haqida

779. Abul-Haysam aytdilar: "Uqba bin Omirning oddiga bir qavm kelib: "Bizning sharob

ichadigan va buzuq ishlarni qiladigan qo'ishilarimiz bor. Ularni imomga aytaylikmi?" -

deyishganida, u: "Yo'q, men Rasulullohning: "Bir musulmon aybini berkitgan kishi xuddi

tiriklayin ko'mib yuborilgan o'likni qabrdan tiriltirgan kabqtsir", deganlarini

eshitganman",

dedi".

"Imom" so'zining lug'aviy ma'nosi boshliq, rahbar. Shuning uchun o'sha davrda faqat

diniy rahbarlarnigina imom deyilmay, ma'muriy rahbarlarni ham imom, deb ataganlar.

324-bob. "Odamlar halok bo'ldi, buzilib ketdi" deyish haqida

780. Abu Hurayra aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): "Kimning "odamlar buzilib ketdi

deyotganini eshidangiz, bilingki, o'shaning o'zi birinchi bo'lib buzilgandir", dedilar.

325-bob. Munofiqni "sayyid" demaslik haqida

781. Abdulloh ibn Burayda otalaridan rivoyat qildilar. Otalari aytdilar: Rasululloh

(s.a.v.): "Munofiq odamni, garchi u hurmatlirog'ingiz, ish boshingiz bo'lsa ham "sayyid"

demang, shunday desangiz Parvardigoringizning g'azabini duchor bo'lasiz", dedilar.

326-bob. Maqtov eshitgandaa nima demoq kerakligi haqida

782. Addiy ibn Arto aytdilar: "Payg'ambarimiz (s.a.v.) sahobiylaridan kimda-kim maqtov

eshida: "Allohim, (o'zimda yo'q sifatlarni) aytganlari uchun meni koyimagin va ular

bilmaydigan (gunohlarim)ni o'zing kechirgin", der edilar.

783. Abu Mas'ud Abu Abdulloh (r.a.)dan: "Rasululloh (s.a.v.)dan gumon haqida

eshitganmisiz?" - deb so'radilar. Abu Abdulloh: "(Ha), ul zot: "Gumon qiluvchi juda

yomon odamning ulovidir!" - deganlar.

784. Abdulloh ibn Omir (r.a.) bir kuni Abu Mas'ud (r.a.)dan: "Ey, Abu Mas'ud! Rasululloh

(s.a.v.)dan gumon qilish bilan bog'liq biror gap eshitganing bormi?" - deb so'radi. Abu

www.ziyouz.com kutubxonasi 122

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!