19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

319-bob. Barcha sarfdan savob olish haqida

773. Sa'd ibn Abi Vaqqos (r.a.)dan rivoyat qilindi: Rasululloh (s.a.v.) u kishiga: "Bilginki,

na faqat Allohning roziligini istab qilgan ehsoning-ga, bal-ki ayolingning og'ziga solgan

bir luqma taoming uchun ham albatga ajr-mukofot olasan", dedilar.

320-bob. Tunning uchdan biri qolganda duo qilish haqida

774. Abu Hurayra (r.a.)ddn rivoyat qilindi: Rasu-lulloh (s.a.v.) aytdilar: "Parvardigorimiz

Alloh taborak va taolo har kecha dunyo osmoniga kechaning oxirgi uchdan bir qismi

qolganda tushib aytadi: "Men-ga duo qiladigan kimsa bormi, ijobat qilayin. Men-dan

biror narsa so'raydigan bormi, berayin. Mendan gunohini so'raydigan bormi, mag'firat

qilayin".

321-bob. G'iybat maqsadi bo'lmay, uzun falonchi, deyish haqida

775. Abu Ruhm (r.a.)dan rivoyat qilindi: U kishi Rasululloh (s.a.v.)ga daraxt ostida

(bay'atu-r-rizvonda) bay'at qilgan sahobiylardan biri edilar. Shu kishi aytdilar: "Men

Rasululloh (s.a.v.) bilan Tabuk g'azottsda birga jang qildim. Bir kecha Axdar tog'ida

turib, Rasululloh (s.a.v.)ga yaqin turib qo'riqchilik qildam, Ko'zimni uyqu bosdi. Uxlab

qolmaslikka harakat qilardim. Mening tuyam ul zotaing tuyalariga yaqinlashdi. Tuyam

Rasululloh (s.a.v.)ning oyoqlariga zahmat yetkazmas-mikan, degan andshpa meni

qiynardi. Shuning uchuk tuyamni orqaga tortib qo'yar edim. Kechaning bir qismida

(yana) ko'zimga uyqu golib keldi. Ul zotning oyoqlari yukning dastasiga tegib turardi.

Mening tuyam ul zotaing tuyalarini turtab yubordi, shunda men ul zotning oyoqlariga

tegib ketdim Bexos zarb natijasida ul zot "Uhh", deb yubordilar, men: "Ey, Rasulalloh,

Sizga ozor berganim uchun Allohdan menga mag'firat so'rang", dedim. Ul zot: "Anavi

ko'sa, uzun bo'yli va qizil yuzli odamlar nima qildilar?" - deb so'radilar". Abu Ruhm

davom etib shunday dedi: "Bani G'ifor qabilasi nima uchun urushga qo'shilmaganliklarini

Rasululloh (s.a.v.)ga aytdim. Shundaul zot: "(Madina atroflaridagi) Shabkati Shadax

degan joyda qo'ylari bo'lgan sochlari kalta, bo'ylari qisqa odamlar nima qildilar?" - deb

so'radilar. Ular G'ifor o'g'illarimikin, deb o'ylab qoldim, biroq to'la anglab yeta olmadim.

Keyin Aslam qabilasidan bir jamoat ekanliklari esimga kejach: "Ey, Rasulalloh, ular

Asmo' o'g'illaridan edilar", dedim. Shutsda ul zot: "Urushga qatnashmagan Asmo'

o'g'illaridan bir kishini Alloh yo'lida jo'natishlariga nima to'sqinlik qildi? Aslam, G'ifor,

Ansor va Kuraysh muhojirlaridan biror uzrli sabab bilan urushga qatnasha olmaganlar

ham mening qadrli sahobiylarimdir", dedilar".

776. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Bir kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kirish uchun izn

so'radi. Ul zot: "Bu qabilasining juda ham yomon odami!" - dedilar. U odam Payg'ambar

(s.a.v.) huzurlariga kirganida, ul zot haligi kishiga yaxshi muomala qildilarjuda ko'p

gapirdi. Men bu haqtsa gapirgandim, ul zot: "Alloh taolo buzuq-badxulklarni yomon

ko'radi", dedilar".

777. Oyisha onamiz dedilar: "Savda (r.a.) Muzdali-fada namozlar jam qilib o'qilgan

kecha, kun ko'taril-masdan Minoga ketish uchun Rasululloh (s.a.v.)dan izn so'radi. U

og'ir-vazmin va sekin harakatlanadigan ayol edi. Ul zot unga izn berdilar".

www.ziyouz.com kutubxonasi 121

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!