19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

Rasululloh, mening qarindoshlarim bor, men ularga silai rahm qilaman, qarindoshlikni

uzadilar. Ularga yaxshilik qilaman, ular menga yomonlik qiladilar. Ular jabru jafo qilsalar

ham ogirlik va sabr qilaman", dedi. Rasululloh (s.a.v.): "Agar gaping to’gri bo’lsa,

ularning ogziga qizdirilgan kulni solgandek bo’libsan. Sen shu. ishingni davom

ettiraversang, Alloh taolo sening yordamingda bo’ladi va ularning jabru jafosini daf

qiladi", dedilar

54. Abdulloh ibn Amr (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) bitta barmoqlarini egib: "Rahm

so’zi Alloh taoloning Rahmon nomidan (shu barmogamdek) unib chiqqan bir shoxchadir.

Uni birov uzmasa, Alloh taolo uzmaydi va kim uzib qo’ysa, Alloh ham uni uzib tashlaydi.

qiyomat kuni rahmga Alloh taolo fasohatli, o’tkir va ochiq so’zlaydigan til beradi",

dedilar.

Kim silai rahmni uzgan-uzmaganligini ochiq bayon qilish uchun Alloh qiyomat kunida

unga ozining qudrati bilan til beradi, bu til kimlarningdir foydasiga yo zarariga da'voni

isbot qladi.

Hz. Oyisha (r.a.)dan ham shunday hadis vorid bo’lganligini imom Muslim xabar qilgan,

binobarin, 55-hadis 54-hadisning takrori bo’lgashshgi sababli tushirib qoldirdik.

55. Abdurrahmon ibn Avf (r.a.)dan rivoyat qilindi. U kishi Rasululloh (s.a.v.)dan quyidagi

hadisni eshitdilarkim, Rasululloh (s.a.v.) aytmishlar: Alloh taolo "Men dunyodagi hamma

borliqqa rahm qiluvchi Rahmonman va rahmni yaratib, Rahmon degan nomimning

harflaridan tarkib topgan rahm so’zini unga ism qilib qo’ydim. Endi kim rahmni

uzmasdan yursa, men undan rahmatimni uzmayman va kim uni uzib qo’ysa, men hm

undan rahatimni uzib qo’yaman", degan.

28-bob. Silai rahm umrni ziyoda qilishi haqida

56. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): "Rizqi keng va farovon bo’lishni va

hayoti uzoqqa borishni yaxshi ko’radigan kishi qarindoshlaridan o’zini uzmasin", dedilar.

28-bobdagi 57-hadis mazmuni aynan 56-hadis mazmuni bo’lib, u Abu Hurayra (r.a)dan

rivoyat qilingan. Imom Muslim ham bu hadislarii naql qilgan.

29-bob. Silai rahm qilgan kishini Alloh Sevadi

58. Abdulloh ibn Umar (r.a.) aytdilar: "Kim Alloh taolodan qo’rqsa va qavmqarindoshlariga

yondashsa, ajali ta'xir qilinadi, moli ko’payadi va ahli ayollari uni yaxshi

ko’radigan bo’ladi".

59-hadis mazmuni 58-hadisdagidek aynan yana Abdulloh ibn Umar (r.a.) dan rivoyat

qilingan.

30-bob. Yaxshilikni eng yaqin qarindoshdan boshlamoq kerakligi haqida

60. Miqdom ibn Ma'di Karib (r.a.)dan rivoyat qilindi: U kishi Rasululloh (s.a.v.)dan

eshitdilar: "Alloh taolo sizlarga onalaringizga yaxshilik qilishni buyurdi". Bu so’zni

Rasululloh (s.a.v.) uch martaba takror qildilar. Keyin: "Otalaringizga va undan keyin

yaqinroq bo’lgan qarindoshlaringizga ham yaxshilik qilishni buyurdi", dedilar.

www.ziyouz.com kutubxonasi 12

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!