19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

aytdilar: "Alloh taolo sizlarning qil-gan ishlaringizdan xursand bo'ldi va quyidagi oyatni

nozil qildi: "O'zlarida ehtiyoj bo'la turib, (ehson qilishda boshqa muxtojlarni) ixtiyor

qilurlar. Kim-ki o'z nafsi baxilligidan saqlana olsa, bas, ana o'sha-lar (oxiratda) najot

topuvchilardir" (59:9).

311-bob. Mehmondorchilik muddati haqida

762. Abu Shurayh Adaviy (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.)ning mana bu so'zlarni

aytayot-ganlarini o'z ko'zlarim bilan ko'rib, quloqlarim bilan eshitdim: "Kim Allohga va

oxirat kuniga ishonsa, qo'shnisini izzat qilsin Kim Allohga va oxirat kuniga ishonsa,

mehmonni e'zozlasin. "Meh-monning muddati qancha, ey, Rasululloh?" - deb

so'ralganda, ul zot: "Bir kecha-kunduzdir. Mehmon-dorchilik uch kun bo'ladi. Kim

Allohga va oxirat kuniga ishonsa, yaxshi gaplarni gapirsin yoki jim tursin", dedilar.

312-bob. Mehmondorchilikning uch kungacha ekanligi haqida

763. Abu Hurayra Rasululloh (s.a.v.)ning shunday deganlarini rivoyat qildilar:

"Mexmondorchilik uch kundir. Uch kundan ortig'i xonadon sohibining sadaqasidir".

313-bob. Mehmon mezbonni zeriktirm asligi haqida

764. Abu Shurayh Ka'biy (r.a.) aytdilar: Rasulul-loh (s.a.v.) dedilar: "Kim Allohga va

oxirat kuniga ishonsa, yaxshi gap gapirsin yo jim tursin. Kim Al-lohga va oxirat kuniga

ishonsa mehmonini muddati bilan ikrom qilsin. Muddati bir kecha-kunduzdir.

Mexmondorchilikuch kundir. Bundan oshig'i sadakdtsir. Mehmonning mezbonni zeriktirar

darajada uning uyida turshpi o'zi uchun xalol emas".

314-bob. Agar mehmon mezbon uyining tashqarisida tong ottirsa...

765. Miqtsom Abu Karim (r.a.) aytdi: "Payg'amba-ri-miz (s.a.v.): "Mehmonning tunab

qolishi har bir musulmon zimmasidagi hakdir. Kimki mezbonning uyidan ta-shqarqtsa

tong otgarsa, mehmonnavozlik qarzi bo'ynida qoladi, xohlasa o'taydi, xohlasa tark

etadi". dedilar".

315-bob. Mehmonga iltifot ko'rsatilmasa...

766. Uqba ibn Omir (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.)dan: "Ey, Allohning Rasuli,

siz bizni bir qavm huzuriga jo'nadantaz, o'sha qavm bizni mehmon qilmasa, qanday yo'l

tushshni buyurasiz?" - deb so'radim. Rasulul-loh (s.a.v.): "Agar biror qavm oddiga

mexmon bo'lib bor-sangaz, mexmon uchun lozim narsalarni buyursalar, qabul qiling.

Agar bunday qilmasalar, ular o'tashlari lozim bo'lgan mexmondorchilik haqqini talab

qiling", dedilar".

316-bob. Kishi mehmonga o'zi xizmat qilishi haqida

767. Abu Usayd Soidiy (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ni to'yiga taklif qildi. O'sha kuni ayoli

kelin bo'la turib o'zi xizmat qildi. U ayol: "Bilasizlarmi, men Rasululloh (s.a.v.) uchun

qanday ichimlik tayyorladim? - deb so'radi. - Men ul zot uchun kechki xurmodan bir idish

sharbat tayyorladim".

www.ziyouz.com kutubxonasi 119

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!