19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

azoblanayotgan ikki qabr tepasiga kelib: "Bu ikkisi katta gunoh sababli azoblanayotgani

yo'q, ulardan biri odamlarni g'iybat qilib yurardi, ikkinchisi esa siydikdan ehtiyot

bo'lmasdi", dedilar. So'ngra bir yoki ik-kita xurmo shoxini keltirib, uni sindirdilar, so'ng

sindirilgan shoxchalarni qabrga tiqib qo'yishni buyurdilar va: "Bu shoxchalar nami

ketguncha qabrdagilarning azobi yengillashtirib turiladi", dedilar".

757. Amr ibn Os bir necha hamrohlari bilan ketib borardi. Io'lda o'lib, irib ketgan

eshakka duch kelishdi. Shunda Amr: "Xudo haqqi, musulmonning go'shtini

yeganingizdan mana shu o'limtikni qorningiz to'ygunicha yeganingiz yaxshidir", dedi.

307-bob. O'likni g'iybat qilish haqida

758. Abu Hurayra aytdilar: "Moiz ibn Molik Aslamiy keldi, uni Rasululloh (s.a.v.) "Robi'a"

degan joyda rajm (toshbo'ron) qildirdilar. Rasululloh (s.a.v.) bir safar sahobiylar bilan

o'sha yerdan o'tdilar. Ulardan biri: "Mana shu halok bo'lgan odam Nabiy (a.s.)ning

oldilariga bir necha bor keldi, har safar kelganida ul zot uni qaytardilar, mana, qarangki,

itdek o'lib ketdi", dedi. Rasululloh (s.a.v.) o'lib, oyoklari qurib yotgan eshakning yonidan

o'tguncha indamadilar, so'ng haligi kishiga: "Mana bundan yenglar!" dedilar. "Shu o'lgan

eshakdan-a, Rasulalloh?" deb so'rashdi. Ul zot: "Sizlar o'lgan birodaringiz obro'si-ni

to'kshtsdan erishgan narsangiz buni yeyishdan og'irroq gunohdir. Muhammadning joni

qo'lida bo'lgan Zotga qasamki, albatta u (Moiz) jannat anhorlaridan birida cho'milib

yuribdi", dedilar".

Ya'ni o'lgan odamni ayblaganingiz uchun orttirgan gunohingiz buni yegandan ko'ra

og'irroqdir.

308-bobdagi 759-hadis 95-bobning 187-hadisidagi mazmunning aynan takroridir.

309-bob. O'zaro mehr-oqibat haqida

760. Muhammad ibn Ziyod aytdilar: "Men salaflarni shunday topganman: ular bir uyda

oila a'zolari bo'lib yashar edilar. Ittifoqo, ulardan birining uyiga meh-mon kelib qolsa,

boshqa birlari tayyorlab qo'ygan qozon-dagi ovqatni shundoq ko'tarib mehmon oldiga

olib ke-lib qo'yardilar. Qrzon egasi: "Kim oldi qozonni?" - deb so'rasa, mezbon: "Biz

mehmonimiz uchun oldik", derdi. Shunda ovqat egasi: "Mayli, osh bo'lsin", der edi chin

dildan. Salaflar non yopishsa ham ahvol shu edi. Ular-ning oralarida qamishdan devor

bo'lardi xolos".

310-bob. Mezbonning mehmonga xizmat qilishi haqida

761. Abu Hurayra aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) huzur-lariga bir kishi keldi. U kishi och

ekanligini aytdi. Rasululloh (s.a.v.) uni ayollari oddiga yubordilar. Ayol-lari uyimizda

suvdan boshqa hech vaqo yo'q, dedilar. Rasululloh: "Kim bu odamni to'ydiradi?" - deb

so'ra-dilar. Ansorlardan bir kishi: "Men", dedi va haligi kishini uyiga olib ketdi. Xotiniga

Rasululloh (s.a.v.) ning mehmon-larini siylab, qornini to'ydir, dedi. "Uy-imizda

bolalarimizning ovqatidan bo'lak narsa qol-magan", dedi xotini. Shuqtsa er: "Taomingai

keltir, chiroqni to'g'rila, bolalar ovqat so'rashsa, ularni ux-lat", dedi. Ayol taomni olib

keldi, chiroqni to'g'rila-di, bolalarni uxlatdi. So'ngra eri chiroqni tuzatmoq-chiday bo'lib

uni o'chirdi. Keyin ikkovlari mehmonning oldida xuddi taom yeyayotganday bo'lib

o'tirishdi. O'sha ke-chani ochlik bilan o'tkazishdi. Ertasiga ertalab Rasu-lulloh (s.a.v.)

www.ziyouz.com kutubxonasi 118

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!