19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

xuddi cho'pon qo'yning bo'ynidan qanday tutsa, yomgarni ana shunday tutib, olib

keladi", der edilar".

744. Omir ibn Abdulloh ibn Zubayr aytdilar: "Abdulloh ibn Zubayr (r.a.) momaqaddiroq

gumburlashini eshitganda, har qanday gapdan va ishdan to'xtab: "Momaqadlroq (ham)

Unga hamd bilan tasbih aytur" (13:13), degan oyatni o’qirdilar.

301-bob. Allohdan ofiyat so'rash haqida

745. Avsat ibn Ismoil rivoyat qildilar: "Abu Bakr Siddiq (r.a.) Payg'ambar (s.a.v.)

vafotlaridan key-in shunday dedilar: "O'tgan yili Rasululloh (s.a.v.) mana shu men

turgan joyda turib...", dedilarda yig'lab yubordilar. "So'ng shunday degan edilar", deya

Rasululloh (s.a.v.)ning so'z-larini yetkazdilar: "Sizlarga haqiqatguylikni, samimiylikni

vasiyat qilaman, zero u yaxshilik bilan birga bo'lib sizlarni jannatga olib boradi.

Yolg'ondan saklaning, zero u buzg'unchilik bilan birga va do'zaxga olib boradi. Allohdan

ofiyat so'rang, albatta, ofiyatdan ko'ra yaxshiroq narsa ato etilgan emas. O'zaro nizo

chiqarmang, bir-biringizga dushman bo'lmang, bir-biringizga hasad qilmang va birbiringizdan

nafratlanmang. Allohning aka-ukadek ahil, inoq bandalari bo'ling!"

746. Muoz ibn Jabal (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) bir kishining yonidan

o'tayotganlarida u: "Allohim, men Sendan ne'matlarning mukammalini so'rayman", deb

duo qilardi. Ul zot undan: "Ne'matlarning mukammali nima, bilasizmi?" -deb so'radilar.

So'ng o'zlari: "Ne'matlarning mukammali jannatga kirish va do'zax olovidan qutilishdir",

dedilar. Ul zot yana bir odamning yonidan o'tib ketayotsalar, u: "Allohim, men sendan

sabr berishingni so'rayman", derdi. Rasululloh (s.a.v.) unga: "Sen Parvardigordan balo

so'rading-ku, undan ofiyat so'ragin", dedilar. Yana bir odamning oddidan o'tib

ketayotgan edilar, u: "Ey, barcha buyuklik va fazlu karam sohibi!.." deyotganda, unga

qarab "So'rang", dedilar.

747. Abbos ibn Abdulmuttalib (r.a.) aytdilar: "Men: "Yo Rasulalloh (s.a.v.), Allohdan

so'rab, duoqirdilar".qilishim uchun biror nima o'rgating", dedim. Ul zot: "Ey, Abbos,

Allohdan ofiyat so'rang", dedilar. So'ngra biroz kutib turib yana keldim-da, Allohdan

so'rab duo qilishim uchun biror nima o'rgating, yo Rasulalloh, deganimda: "Ey, Abbos,

ey, Rasulullohning amakisi, Allohdan dunyo va oxiratda ofiyat so'rang", dedilar".

302-bob. Duoda balo so'rashning makruhligi haqida

748. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Bir kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida: "Allohim,

sadaqa qilay desam, mol-dunyo bermading, endi meni bir baloga yo'liqgirki, unga sabr

qilib ajr olay", dedi. Buni eshshtan Rasululloh (s.a.v.): "Subhanalloh! Bun-day demagin.

Allohim, menga bu dunyoda ham, oxiratda ham yaxshilik ato et, demaysanmi", dedilar".

749. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) bir kipshning ziyoratiga bordilar.

U xasta-likning qatgiq azobini tortib yotgan ekan. Ko'rinishi xuddi qanotlari yulib

tashlangan ramaqijon jo'jaga o'xshardi. Rasululloh (s.a.v.) unga: "Sen Allohdan na-jot

so'rab duo qil". dedilar. U kishi: "Allohim! Men-ga oxiratda beradigan ajru mukofotingni

shu dunyoda bergin", deb duo qildi. Uning bu duosini eshitib Rasululloh (s.a.v.):

"Allohga hamdlar bo'lsin! Oxirat-dagi beriladaigan ajru mukofotga bandaning kuchi

yetmaydi, sen buning o'rniga bu dunyoda krm, oxiratda ham bizga ezgulik ato et,

www.ziyouz.com kutubxonasi 116

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!