19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

namozga kirishganlar. "Mufidu-l-ulum va mubvdu-l-humum" kitobida ham aytilganidek,

Rasululloh (s.a.v.) uxlaganlarida tahoratlari buzilmasdi, binobarin, ul zot uyquda ham

vahy qabul qilar edilar ("Irfon" taqvimi", №1, 2005)

717-hadis yuqoridagi hadisning aynan takrori.

718. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) tunning yarmida namozga

turganlarqda shu duoni o'qir edilar: "Ey, Allohim, barcha hamd Senga xosdir. Sen

osmonlaru yerni va undagi barcha narsalarning nuridirsan. Senga hamdu sanolar bo'lsin,

Sen osmonlaru yerni tutib turuvchi abadiy barhayot Zotdirsan. Senga hamd bo'lsin,

Allohim, Sen osmonlaru yerni va undagi barchaning Parvardigori, tarbiyat etuvchisisan.

Sen haqdirsan, va'dang haqdir, Senga yo'liqmoqlik haqdir, jannat haq, do'zax haq,

qiyomat haqdir. Ey, Allohim, men Senga bo'ysundim, itoat etdim, taslim bo'ldim, Senga

imon keltirdim, O'zingga tavakkul qildim, O'zingga yo'naldim, mening avvalgiyu oxirgi,

maxfiy va oshkora qilgan gunoxlarimni kechirgin. Sen o'zing mening ilohimsan, Sendan

o'zga hech qanday iloh yo'q".

719. Abdulloh ibn Umar (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) shunday deb duo qilardilar:

"Ey, Allohim, men Sendan dunyo va oxiratda afv va ofiyat so'rayman. Ey, Allohim,

Sendan dinim va axlim uchun ofiyat so'rayman. Parvardigor, aybimni yopgan,

qo'rquvimni aritgin, meni oldimdan, orqamdan, tepamdan, o'ngimdan va so'limdan

saqlagin. Sendan oyog'im ostidan chiqishi mumkin bo'lgan falokatdan panoh

so'rayman".

720. Ubayd ibn Rofi'ning otasi aytdi: "Uxud g'azoti kuni edi. Mushriklar chekinib, qocha

boshlagach, Rasululloh (s.a.v.): "Saflaringizni tekislang, men Ulug' va Oliy

Parvardigorimga hamdu sano aytayin", dedilar. Sahobiylar ul zotning orqalarida

saflanishgach: "Ey, Allohim, barcha hamdlar Senga xosdir. Allohim, Sen yoyib, yozib

qo'ygan narsani yig'uvchi, siquvchi yo'qtsir. Sen uzoq qilib qo'yganni yaqinlashtiruvchi

yo'q, Sen yaqin qilsang, uzoqpashtiruvchi yo'q, Sen to'sib man' qilsang, bera oluvchi

kimsa yo'q, Sen bersang to'sqinlik qiluvchi yo'qdir. Allohim, ustimizga barakoting,

rahmat-marhamating, fazling va rizqingni keng qilib qo'ygin. Allohim, Sevdan ketib

qolmaydigan va zavol topmaydigan doimiy ne'mat so'rayman. Allohim, Sendan zoriqqan

kunimda ne'mat berishingni va xatarli damda omonlik berishingni tilayman.

Parvardigoro, bizga ato etgan narsalarning ham, man' etgan narsa-larning ham

yomonligqdan, shumligidan panoh bergin. Allohim, bizlarga imonni sevdir, uni

qalblarimiz ziynati qilgin, bizlarga kufr, buzg'unchilik va isyonni yomon ko'rsat hamda

bizlarni to'g'ri yo'ddagilar qato-rida qilgin. Allohim, bizlarni musulmon holatda o'ldirib,

musulmon holatda tiriltir va bizni sharmanda bo'lmagan, fitnalarga uchmagan holatda

solixlar qatoriga qushgin. Allohim, payg'ambaringni yolg'onchiga chiqargan, odamlarni

haq yo'lingdan to'sgan kofirlarni halok qil hamda ularga jazo va azobingni tushirgin!

Allohim, Yo Ilohal haq, ahli kitob kofirlarni halok qil!" - deb duo qildilar".

292-bob. Qayg'u va g'amganliqda o'qiladigan duolar

721. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) g'amgin vaqtlarida: "Ulug', halim

Alloxdan o'zga iloh yo'q. Osmonlar va yerning Rabbisi, buyuk Arshning Rabbisidan o'zga

iloh yo'q", der edilar".

www.ziyouz.com kutubxonasi 112

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!