19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

712. Abu Ayub Ansoriy (r.a.) aytdilar: "Payg'ambarimiz (s.a.v.) huzurlarida bir kishi:

"Alhamdulillohi hamdan kasiran toyyiban mubarakan fiyhi", dedi. "Bu so'zlar-ni aytgan

kim o'zi?" - deb so'radilar Rasululloh (s.a.v.). Jimlik cho'kdi. Bu so'zlarni aytgan kittti

gapim Rasululloh (s.a.v.)ga yoqmadi, deb jim bo'lib qolgan edi. Rasululloh (s.a.v.): "Kim

aytdi bu gaplarni? Kim bo'lsa ham haq va to'g'ri aytdi", dedilar. Shundan keyingina

boyagi kishi: "Men edim, bu so'zlarim bilan faqatgina yaxshilikni tilayman", dedi. Ul zot:

"Jonim qo'lida bo'lgan Zotga qasamki, o'n uchta farishta ushbu so'zni Alloh azza va

jallaga olib chiqishga shosha-yotganlarini kurdim", dedilar".

Duoning mazmuni: Ey, maqtovli Parvardigor, odamlar uchun yoqimli va muborak

narsalarni ko'paytirgin

713. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) hojatxonaga kirmoqchi bo'lsalar:

"Allohim, Sendan yaramas, chirkin narsalardan panoh so'rayman", der edilar".

714. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) qachon hojatxonadan chiqsalar

"g'ufronaka", derdilar.

715. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) ushbu duoni bizga xudtsi Qur'ondan

bir sura o'rgatgandek o'rgatdilar: "Ey, Parvardigor, jahannam azobi-dan panoh ber, qabr

azobidan panoh ber, Masihi Dajjol fitnasidan panoh ber, hayot va o'lim fitnalaridan

panoh ber va qabr fitnasidan panoh ber".

716. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Men xolam Maymuna (r.a.)ning2 uylarida tunab qoldim.

Rasul-ulloh (s.a.v.) turib hojatga chiqtsilar, so'ng qo'llari va yuzlarini yuvib, yotib

uxladilar. Birozdan keyin uyg'onib meshning og'zini bo'shatdilarda, o'rtacha tahorat

oldilar, lekin tahoratni mukammal qildilar. So'ngra namoz o'qidilar. Men ham turdim. Ul

zotdan yashirin kerishib oldimda, tahorat qilib, Payg'ambarimiz (s.a.v.) namoz o'qishga

turganlarida u kishining chap tomonlariga turdim. Ul zot qo'limni tutib o'ng tomonlarida

turishimni istadilar. Payg'ambarimiz (s.a.v.)ning (tungi) namozlari 13 rak'at bo'ldi. So'ng

u kishi o'ranib uxladilar va hatto xurrak tovushlari kela boshladi. Ul zot uxlaganlarida

xurrak otar edilar. Bilol (r.a.) namozga azon aytganlaridan so'ng Rasululloh (s.a.v.)

namoz o'qidilar, lekin tahorat qilmadilar . O'shandagi duolari ushbu edi: "Ey, Allohim,

qalbimda bir nur qil, qulog'imda bir nur qil, o'ngimda bir nur qil, so'limda bir nur qil,

ustimda bir nur qil, ostimda bir nur qil, oldimda bir nur qil, ortimda bir nur qil va mening

nurimni oshirgin".

1 Ibn Abbos (r.a.)dan riyuyat qilingan bu hadisning boshqa muqobili ham bor: "U kishi

Rasululloh sollallohu 'alayhi vasalamning sajda qilgan hodtsa uxlab qolganlarini ko'rdi.

"Hatgo xurillay boshladilar yoki pishillay boshladilar. Keyin turib namoz o'qvdilar.

Shuvda men: "Yo Rasulalloh, Siz haqiqatan uxladintaz-ku?" dedim. Aytdilarki, "Faqat

yotib (cho'zilib) uxlagan kishiga tahorat olish lozim bo'ladi, chunki u cho'zilganida

bo'g'imlari o'zini qo'yib yuboradi". Ulamolar uyku tufayli bo'ladigan tahorat masalasida

ixtilof qildilar. Ko'plari o'tirgan joyida yoki tik turib uxlagan kishiga, to u yotmagunicha,

tahorat lozim bo'lmaydi, deb hisoblaydilar. Ba'zilar esa bunday deydi: "Agar akliga

hokim bo'lmaydigan darajada uyquga tolsa, tahorat olmosh lozim" (Abu Iso Muhammad

at-Termiziy, Sunani Termiziy. 1-jild. Toshkent, "Adolat", 1999, 120-121-betlar).

Mazkurhadis mazmunidan ma'lum bo'ladiki, Rasululloh (s.a.v.) uxlaganlarida fikran

uyg'oq bo'lganlar, chunki Bilol Habashiy (r.a.) namozga chaqirishi bilan o'rinlaridan turib

www.ziyouz.com kutubxonasi 111

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!