19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

nogahon keluvchi azobingdan va barcha g'azabingdan o'zingga sig'inaman, o'zingdan

panoh tilayman".

289-bob. Yomg'ir yog'ayotgan paytda duo qilish haqida

707. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Osmonda biror bulutni qo'rsalar,

darhol ishlarini tashlardilar, garchi (nafl) namozda bo'lsalar ham. So'ngra bulutga qarab

turardilar: agar Alloh bulutlarni tarq-atib yuborsa, Unga hamd aytardilar, agar yomg'ir

yog'sa: "Allohim, bu yomg'irni foydali qilgin", der edilar".

290-bob. O'lim istab duo qilish haqida

Rasululloh sharorat va fitnalar zamonida, Islom ko'rsatmalariga binoan yashash imkoni

qolmagan paytdagana o'limni tilashga ruxsat berganlar, Hadisdagi "yomonlik"dan murod

ana shu fitnalardir,

708. Qays (r.a.) aytdilar: "Men Xabbobning uyiga bordim. U qorin og'rig'y kasaliga

duchor bo'lib, bardosh bilan chidagan, kasalligi uzaygandan-uzaygach, bardoshi tugab,

zerikkan edi. Xabbob aytdi: "Rasululloh (s.a.v.) bizni o'z o'limini tilab duo qilishdan

qaytarmaganlarida edi, men albatta shunday duo qilgan bo'lardim".

Bu o'rinda shu narsani anglab olish lozim: ajal yetib kelmaguncha insonning o'ziga o'lim

tilashidan qaytarilgan. Ammo omonat topshirish payti kelganiga ko'zi yetgan solih

bandaning Allohga bo'lgan muhabbati uni huzuri Ilohiyga yo'liq-ishga undaydi. Ko'pgina

sahobiylarning erishgan ajrlari nuqson topib qolmasligi va dunyo nopokliklari bilan

ifloslanib qolmaslik uchun o'zlariga o'lim tilab duo qilganlari rivoyat qilinadi. Qaysning

rivoyatida esa: "Sizlardan biringiz dunyoda boshiga tushgan biror zarar tufayli o'limni

orzu qilmasin", deyiladi. Lekin agar diida biror fitnaga duchor bo'lishdan qo'rqqan inson

uchun bu joiz.

291-bob. Rasululloh o'qib yurgan duolar haqida

709. Abu Muso Ash'ariy (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) ushbu duoni o'qib

yurar edilar: "Parvardigoro, gunohimni, bilimsizligimni, butun ishlarimdagi isrofimni va

mendan o'zing yaxshiroq biladigan barcha yomonliklarimni kechirgin. Ey, Allohim, bilibbilmay

qilgan barcha gunohlarimni, hazillarimni kechirgin. E'tirof qilaman, bularning

barchasi menda mavjud. Allohim, mening avvalgi va keyingi gunohlarimni - yashirin

qilganimni ham, oshkora qilganimni ham kechirgin. Sen Muqaddam va Muaxxar Zodan.

Shubhasiz har ishga qodirsan".

Abu Muso Ash'ariydan rivoyat qshshngan 710-hadis 709-hadisnjg takrori.

711. Muoz ibn Jabal (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) qulimdan tugab: "Ey, Muoz!" -

dedilar. "Labbay, yo Rasulalloh!" - dedim. "Men seni yaxshi ko'raman", dedilar. "Xudo

haqqi, men ham sizni yaxshi ko'raman", dedim. Ul zot: "Har namozing oxirida

o'qiladigan bir duoni o'rgataymi?" - dedilar. "Albatga, o'rgating", dedim. Ul zot: "Ey,

Allohim, Sening zikringni qilishda, Senga shukr qilishsa va Senga go'zal bir shaklda

ibodat qilishimda mengakuch-quvvat ber", deb ayt", dedilar".

www.ziyouz.com kutubxonasi 110

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!