19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

qizi Fotima! Sen ham o’zingni jahannam o’tidan qutqaz! Menga e'timod qilma, chunki

qiyomat kuni tashvishidan men seni qutqazishga qodir emasman. Ammo sizlar bilan

albatta qarindoshligim bor, uni men sizlardan uzmayman", deb oshkora nido qildilar.

26-bob. Silai rahm qilish haqida

49. Abu Ayyub Ansoriy (r.a.)dan rivoyat qilindi. Rasululloh (s.a.v.)ning safarlaridan

birida bir a'robiy u zotga kelib: "Meni jannatga yaqin va do’zaxdan uzoq qiladigan

amallarni menga aytib bering!" - dedi. Rasululloh (s.a.v.): "Alloh taoloning Uzigagina

ibodat qilasan, unga hech narsani ibodatda sherik qilmaysan, Alloh buyurgan namozlarni

vaqtida ado qilasan, molingdan zakotni berasan va silai rahm qilasan", dedilar.

50. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Alloh

taolo xalqlarni yaratib bo’lganidan keyin rahm turdi. Alloh undan: "Nega turding?" - deb

so’raganida u: "Ey, Rabbim, uzilib qolishdan panoh so’rovchi sifatida huzuringda

turibman", dedi. Shunda Alloh taolo: "Ey, rahm, seni uzgan kishilardan marhamatimni

uzsam va uzmaganlardan uni uzmasam shunga rozi bo’lasanmi?" - deb so’raganda,

rahm: "Ey, Parvardigori olam! Men albatta bunga roziman", - degan edi. Alloh taolo:

"Mening va'dam senga shudir", - dedi. Abu Hurayra (r.a.) shu Hadisni rivoyat

qilganlaridan keyin:"Istasangiz "Muhammad" surasi 22-oyatni o’qib ko’ring! Bunda Alloh

taolo: "Agar (imondan) bosh tortsangiz, aniqki, sizlar yerda buzg’unchilik qilarsizlar va

qarindoshlaringiz (bilan ham aloqalaringiz)ni uzasiz, albatta", - degan deb aytdilar".

Rahm - qarindoshlik va bir-biriga bog’lanadigan nasab silsilasi .

51. Alloh taoloning: "Qarindoshga, miskin va yo’lovchiga (xayr-ehson qilish bilan)

haqlarini ado eting"(17:26) - degan oyati haqida. Abdulloh ibn Abbos (r.a.) bu oyatni

shunday tafsir qilganlar: "Bunda Alloh taolo haqlarning eng zarurini berishga buyurdi.

Mablag’i bo’lsa, amallarning eng afzali bo’lgan qarindoshlarga, miskin va yo’lda qolgan

musofirlarga berishga da'vat qildi. Agar mablag’i bo’lmasa, yuqoridagi kishilarga qanday

muomala qilish kerakligini o’rgatib, "Agar Siz Rabbingiz (tomoni)dan bo’ladigan

marhamatdan umidvor holingizda ulardan (qarindosh, miskin, yo’lovchilardan) yuz

o’giradigan (yordam bermaydigan) bo’lsangiz, u holda ularga yumshoq so’z ayting!"

(17:28), ya'ni mana. mol kelib qolar, inshoalloh, mol kelishini kutib turibman kabi so’zlar

bilan yaxshi va'da qil, deydilar. "Qo’lingni bo’yiningga sirtmoqlab qo’yma", ya'ni hech

narsam yo’q deb, berishdan qo’lingni tortma."Qo’lingni juda yozib ham yuborma", ya'ni

bor-yo’qingni berib ham yuborma. "U vaqtda malomatga qolasan", chunonchi keyin

kelganlarga bera olmaganing uchun seni malomat qiladi. "Toliqib, qiynalib o’tirasan",

ya'ni berib qo’ygan kishilaring seni mashaqqatga solib qo’ygan bo’ladi.

Qo’lni bo’iishta sirtmoqlash - baxil bo’lishiga kinoya.

Bu oyatning ikkinchi tafsiri: "Muhammad (a.s.)ning dinidan yuz o’girib, johiliyat

zamonidagi kabi buzuqlikka yo’l qo’yish va qavm-qarindoshlar bir-biri bilan urishib,

qarindoshlikni batamom uzib yuborganliklari kabi holga qaytmag’ingizni tilaysizmi .

27-bob. Qarindoshlikni uzib yubormaslikning fazilati haqida

52. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga bir sahobiy kelib: "Yo

www.ziyouz.com kutubxonasi 11

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!