19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

697. Abdulloh ibn Abu Avfo (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Allohim, iflos libos

kirdan tozalangani kabi meni ham muz, do'l va sovuq suv bilan poklagin!. Ey, Allohim,

ey, Parvardigorim, ko'klarni va yerni to'ldirib, bundan boshqa Sen istagan barcha narsalarni

to'ldiradigan hamdu sano faqat o'zingga xosdir", der edilar.

Xofiz Ibn Taymiyadan: "Gunohlardan sovuq suv bilan qanday qilib poklaniladi?" deb

so'ralganida shunday javob berdi: "Gunohlar qalbga tug'yon, nopoklik va zaiflik olib

keladi. Zero, bular go'yo o'tin bo'lib yonadi; gunohlar ko'paygani sari qalb o'ti

alangalanaveradi va qalbni zaiflashtiraveradi. Suv esa, nopoklikni ketkazadi va olovni

o'chiradi. Agar suv muzdek bo'lsa, jismning salobatini, qat'iyatini kuchaytiradi va uni

yanada mustahamligi oshadi hamda gunoharning asoratini ketkazadi".

698. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) ushbu duoni ko'p aytar edilar:

"Allohim, bizga bu dunyoda ham yaxshilik ato etgin va oxiratda ham yaxshilik ato et va

bizni do'zax azobidan asragin".

699. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Allohim, Sendan faqirlik,

yetishmovchilik, xorlikdan panoh so'rayman hamda biror kimsaga zulm qilib qo'yishdan

va birovdan zulm ko'rishdan panoh tilayman", der edilar".

700. Abu Umoma (r.a.) aytdilar: "Payg'ambarimiz (s.a.v.) huzurlarida o'tirgan edik, ul

zot juda ko'p duo o'qidilar, lekin eslab qololmadik. "Siz ko'pgana duo o'qidingiz, ammo

biz eslab qololmadik, ey Allohning Rasuli", dedik. Shunda ul zot: "Sizlarga kerakli barcha

narsani o'zida jamlagan bir duoni aytaymi? Ey, Allo-him, Biz payg'ambaring Muhammad

(s.a.v.) so'ragan barcha narsani so'raymiz va payg'ambaring Muhammad (s.a.v.)

Seqdan panoh tilagan barcha narsalardan o'zingga sig'inamiz. Ey, Allohim, yordam

so'rab sig'iniladigan Zot faqat o'zingsan va Sening yordaming bilangina xayrga erishilur.

Kuch va qudrat faqat Alloh bilandir".

701. Amr ibn Shu'ayb otasi va bobosidan rivoyat qilib, Rasululloh (s.a.v.)ning shunday

deganlarini xabar qildi: "Allohim! Yelgonchi Masihi Dajjolning fitnasi-dan, jahannamning

fitnasvdan sendan panoh so'rayman".

702. Ato ibn Soib (r.a.)dan rivoyat qilindi: Ibn Abbos (r.a.) "Allohim, menga bergan

rizqingda qano-atli qilgin, uni men uchun barakotli qilgin va bar-cha yo'qotganlarim

o'rnini xayrlisi bilan to'ldirgin", deya duo kdlardilar.

703. Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Ra-sululloh (s.a.v.): "Allohim! Bizga bu

dunyoda ham, oxiratda ham ezgulik ato et, bizni jahannam azobidan saqla", deb duo

qilar edilar".

704. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.)-' "Ey, qalblarni aylantiruvchi

Allohim, qal-bimni dining uzra sobit, barqaror qil", degan duo-ni ko'p takrorlardilar.

Abdulloh ibn Abu Vafodan rivoyat qilingan 705-hadis mazmuni yuqori-dagi hadis kabidir.

706. Abdulloh ibn Umar (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.)ning o'qib yuradigan

duolaridan biri ushbu edi: "Ey, Allohim, ne'matingni zavolidan, ofiyatingni o'zgarishidan,

www.ziyouz.com kutubxonasi 109

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!