19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

eshitganman", dedi.

686-687-hadislar mazmunan yuqoridagi hadisning takrori.

688. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Eng ishonchli duo: "Allohim, meni

Parvardigorimsan, men Sening bandangman, men o'z nafsimga zulm qildim.

Gunohlarimni e'tirof qilaman, gunohlarni faqat O'zing kechira olasan. Yo, Parvardigorim,

mening gunohlarimni kechirgin", deyishdir", dedilar".

689. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Allohim, ishlarimning pokizasi

bo'lgan dinimni salohiyatli qil, hayotim kechadigan dunyoimni isloh qil hamda men

uchun o'limni barcha yomonlikdan (suyukli) rahmat qilgin", der edilar".

690. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) balolar mashaqqatidan,

baxtsizlikning ta'qibqdan, shum taqdirdan va dushmanlarning kulgisidan panoh so'rar

edilar".

Bu hadis roviylaridan biri Sufyon (r.a.): "Hadisda Payg'ambarimiz (s.a.v.) uch narsadan

panoh so'raganlar, deyilgandi. Men unga bitta qo'shib qo'ydim. Lekinu yuqoridagilardan

qaysi biri ekanini aniqlay olmadim".Ismoil aytadilar: "Agar mendan: "Sufyon (r.a.)

hadisni unutishga qanday jur'at qilgan?" - deb so'rasalar, Sufyon avval boshda hadisni

yod olgan edi, vaqt o'tishi munosabati bilan unutib quygandir", deb javob bergan

bo'lardim.

691. Hz. Umar (r.a.) besh narsadan Allohdan panoh so'raganlarini rivoyat qildilar:

tamballikdan, baxillikdan, yolg'izlikdan, qalb fitnasidan va qabr azobidan.

Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilingan 692-hadis yuqoridagi hadis-ning takroridir. Anas

ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilingan 693-hadis ham yuqoridagi hadis kabidir.

694. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) ning o'qib yurgan duolaridan biri

ushbu edi: "Allohummag'firli ma qaddamtu va ma axxortu va ma asrortu va ma a'lantu

va ma anta a'lamu bihi minniy, innaka anta-l-muqaddam va-l-muaxxar, la ilaha illa

anta".

Duoning mazmuni: Allohim, mening avvalgi va keyingi sirli va oshkora qilgan

gunohlarimni mag'firat qilgin. Qaqiqatda Sen muqaddam, muahhar Zodan, o'zingdan

o'zga hech qanday iloh yo'q!

695. Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.)dan rivoyat qilindi: Rasululloh (s.a.v.): "Ey, Allohim, men

Sendan hidoyat, ofiyat va nafsi to'qlik so'rayman", deya duo qilardilar

696. Samoma ibn Huzin (r.a.) aytdilar: "Men bir keksa kishining baland ovoz bilan:

"Allohumma inni a'uzubika mina-sh-sharri la yaxlithu sha'un", deya nido qilayotganini

eshitib: "Kim bu qariya?", deb so'radim. "U Abu Dardo", deb javob berishdi.

Duo mazmuni: Allohim, Sendan biror narsa aralashmagan holda yomonliklardan panoh

so'rayman (t.).

www.ziyouz.com kutubxonasi 108

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!