19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

677. Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Allohdan biror narsa

so'ramoqchi bo'lsangiz, duoingizda qat'iy turing va "xohlasang bergin" demangiz, zero

Alloh so'ragan kishini yaxshi ko'radi", dedilar".

678. Hz. Usmon (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Kimki ertalab va

kechqurun uch martadan: "Bismillahillazi la yadurru ma'asmihi shay'un fi-l-arzi va la fis-samai

va huva-s-sami'u-l-'alim", desa, unga hech narsa zarar yetkaza olmaydi",

dedilar".

Duo mazmuni: Uning ismi bilan yeru osmonlarda hech narsa zarar keltirlmaydigan Alloh

taoloning ismi bilan .

287-bob. Duo qabul bo'ladigan vaqtlar

679. Sahl ibn Sa'd (r.a.) aytdilar: "Ikki soat borki, o'sha vaqtda osmon eshiklari ochiladi.

Kim bu vaqtda duoga qo'l ochsa duosi ijobatdir. Bular azon aytilayottan va Alloh yo'lidagi

jihod oldidagi vaqtdir".

288-bob. Rasulullohning duolari

680. Abu Sirma (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): "Allohim, Sendan meni va

yaqinlarimni badavlat qilishingni so'rayman", der edilar.

681-hadis yuqoridagi hadisning takrori.

682. Shotir ibn Shakil (r.a.) otasidan rivoyat qildi: "Men Rasululloh (s.a.v.)ga: "Yo,

Rasulalloh, menga foydali bir duo o'rgating", dedim. Ul zot: "Ey, Allohim, menga

qulog'imning, ko'zimning, tilimning, dilimning va nutfamning sharridan ofiyat bergin",

deb ayt", dedilar". Bu hadis roviylaridan Vaqi': "Bu yerdagi nutfadan murod zino va

buzuqlikdir", dedilar.

683. Abdulloh ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Ey, Allohim, meni kuchli,

bardoshli qil. Mening ustimdan birovni g'olib qilma. Menga nusrat ber, meni hech kim

yenga olmasin va menga hidoyat yo'lini oson qilib qo'ygin", deb duo qilardilar".

684. Abdulloh ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qildilar: "Rasululloh (s.a.v.)ning:

"Parvardigoro, meni quvvatli qil, menga qarshi, mening ziyonimga nusrat ber-magin,

menga nusrat ber. Meni hech kim yenga olmasin, mening foydamga tadbir qilgin,

zararimga qilmagin, menga hidoyat yo'lini osonlashtir, menga jabr qilganlar ustidan

meni g'olib qil. Parvardigoro, meni doimo O'zingga shukr qiluvchi, mudom Seni zikr

qiluvchi, O'zingdan qo'rquvchi, Senga itoatkor va bo'ysu-nuvchi, faqat O'zingga dardimni

aytadigan qilgin. Parvardigoro, tavbamni qabul kdlgin, gunohimni kechirgin, duolarimni

ijobat qil, hujjatimni qat'iy qil, tilimni yomon so'zlardan to'sgin va qalbimdagi qoralik,

g'uborni aritgin", degan so'zlar bilan duo qilganlarini eshitdim".

685. Muoviya ibn Abu Sufyon (r.a.) minbardan turib: "Allohim, Sen beraman desang,

mone' bo'luvchi yo'q va Alloh msa yo'q. Dunyoda boy-likka erishgan kishilarga oxiratda

boyligi foyda bermaydi. Alloh taolo kimga yaxshilikni iroda qilsa, uni dinda faqih qilib

ko'yadi. Men bu so'zlarni Rasululloh (s.a.v.)dan mana shu yogoch minbar usgida

www.ziyouz.com kutubxonasi 107

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!