19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

gan va bilmaydigan yomonliklarning barchasidan panoh tilayman. Sendan jannatni va

unga yaqinlashtiruvchi so'z va amallarni so'rayman. Do'zaxdan va unga olib boradigan

barcha so'z va amallardan Sening panohingga o'taman. Muhammad (s.a.v.) Sendan

so'ragan barcha narsalarni men ham so'rayman va Muhammad (s.a.v.) Sendan panoh

so'ragan barcha narsadan men ham panohingga o'taman. Men uchun taqtsir qilgan har

bir narsaning oqibatini to'g'ri yo'lga yo'naltirgin", dedilar".

280-bob. Rasulullohga salavot aytish haqida

655. Abu Said Xudriy (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Qaysi bir musulmon

sadaqa berishga qodir bo'lmasa, duosida ushbu so'zlarni aytsin: "Allohumma solli 'ala

Muhammad 'abdika va rasulik va solli 'ala-l-mu'minina va-l-muslimot". Bu o'sha

musulmon uchun sadaqa o'rniga o'tadi", dedilar".

656. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Allohumma solli 'ala Muhammad

va 'ala ali Muhammad kama sallayta 'ala Ibrohima va ali IbroHim, va barik 'ala

Muhammadin va 'ala ali Muhammad kama borakta 'ala Ibrohima va ali Ibrohim va

tarahhum 'ala Muhammadin va 'ala ali Muhammad kama tarahhimta 'ala Ibrohima va ali

Ibrohim" desa qiyomat kuni men u(ning musulmonligi)ga guvohlik beraman va uni

shafoat qilaman", dedilar".

657. Anas bilan Molik ibn Avs (r.a.)lardan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) hojat

uchun tashqariga chiqdilar, o'zlari bilan birga borishga hech kimni to-polmadilar. Bir

ozdan so'ng hz. Umar obdasta kutarib Rasululloh (s.a.v.)ning ortlaridan bordilar va ul

zotni yo'pda sajda qilib turganlarini ko'rib to'xtadilar va chekkaga o'tib kutab turdilar.

Rasululloh (s.a.v.) saj-dadan boshlarini ko'tarib: "Barakashgoh, ey Umar! Mening

sajdada turganimni ko'rib, yo'l cheti-da kutib turganing to'g'ri bo'ldi. (Chunki o'sha

paytda) Jabroil (a.s.) kelib: "Kimki sizga bir marta salovat aytsa, Alloh taolo unga 10 ta

rahmat yozadi va uning darajasini 10 barobar ko'taradi", dedi", deya marhamat qildilar".

Hojat uchun tashqariga chivdilar - u zamonlarda har kimning uyida hojatxonasi

bo'lmaodi, hojat chiqarish uchun tashqariga, odam-lar yashaydigan joqdan uzoqrokda

borib kelinardi.

658. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.)ning "Kim menga bir marta

salavot aytsa, Alloh taolo unga 10 ta rahmat yuboradi va 10 xatosini o'chiradi",

deganlarini eshitdim".

281-bob. Rasululloh nomlari zikr etilganda salavot aytmagan kishi haqida

659. Jobir ibn Abdulloh (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) minbarga

chiqayotib, uning birinchi pog'onasiga chiqqanlarida "Omin", dedilar. Keyin ikkinchi

pog'onaga chiqdilar va yana "Omin", dedilar. So'ng uchinchi pog'onasiga chiqib yana

"Omin", dedilar. Jobir: "Ey, Allohning Rasuli, nima uchun uch marta "Omir" dedingiz?" -

deb so'radi. Ul zot javob berdilar: Minbarning birinchi pog'onasiga chiqqanimda Jabroil

(a.s.) kelib: "Bir banda Ramazon oyiga yetishsa, Ram-azon o'tib ketgunicha

gunohlaridan poklanib ololmasa, u xor bo'lsin!" - dedi. Men ham "Omin",

dyodim. So'ngra: "Ota-onasining yoki ulardan birining keksalik davrida roziligini olib

jannatga erisholmagan banda xor bo'lsin!" - dedi. Men ham "Omin", dedim. Keyin Jabroil

www.ziyouz.com kutubxonasi 104

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!