19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

deb so'radi. U: "Ha", deb javob berdi.Sum'achi deb birovlar eshitsin uchun amal

qiladigan odamni aytiladi .

275-bob. Duoda qat'iyatli bo'lish kerakligi haqida

622 Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Sizlardan biror kishi

duo qilsa, qat'iylik bilan qilsin, Allohim, xohlasang ber-gin", demasin! Zero, Alloh buning

uchun uni yomon ko'rmaydi", dedilar".

623-hadis Anas ibn Molikdan rivoyat qilingan bo'lib, 622-hadisning takroridir.

276-bob. Duoda qo'lni ko'tarish haqida

624. Abu Na'im: "Men Ibn Umar va Ibn Zubayrlar duo qilayotib, kaftlarini yuzlari

barobarida ko'tarayotganlarini ko'rdim", dedilar".Bu hadisni Imom Termiziy ham

Rasululloh (s.a.v.)dan natsl qilib, ul zotning "Allohga iltijo qshayotganda qo'llaringizni

baland ko'taring, behafsalalik bilan duo tsilmang, duo qilib bo'lgach, kaftlaringizsh yuzingizga

surting", deganlarini aytgan.

625. Ikrima (r.a.) janobi Payg'ambar (s.a.v.) qo'llarini ko'tarib: "Albatta men bir

insonman, meni azobga duchor qilmagin, biror mo'minga ozor yetkazgan yoki uni

so'kkan bo'lsam, buning uchun menga azob bermagin", deya Allohga duo

qilayotganlarini Oyisha onamiz rivoyat qiladilar, dedi.

626. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Davs qabilasidan bo'lgan Tufayl ibn Amr (r.a.)

Rasululloh (s.a.v.) oldilariga kelib: "Ey, Allohning Rasuli! Davs qavmi osiylik va

takabburlik qildilar, ularni duoibad qiling", dedi. Rasululloh (s.a.v.) qiblaga yuzlanib,

qo'llarini ko'tardilar. Odamlar ul zot hozir Davs qavmini duoibad qiladilar, deb

o'ylashgandi. Rasululloh (s.a.v.): "Allohim, Davs qavmini hidoyatga olgin va (haq uzra)

keltirgin", deya duo qildilar".

627. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Bir yili qahatchilik kelib, yomg'ir yog'may qo'ydi. Bir

guruh mu-sulmonlar bir juma kuni Nabiy muhtaram (s.a.v.) huzur-lariga kelib: "Yo,

Rasulalloh, yomg'ir yog'may qo'ydi, hayvonlar qirilib ketmoqtsa", dedilar. Shunda

Rasululloh (s.a.v.) qo'llarini yuqoriga ko'tardilar. Osmonda bir bulut ko'rinmas edi. Ul zot

qo'llarini shutsday ko'tardilarki, qo'ltiqlarining oqi ko'rindi, Allohdan yomg'ir so'rab duo

qiddilar. Juma namozini o'qib bo'lishimiz bilanoq sharros yomg'ir quydi, shu yaqin

atrofda yashaydigan yigit uyiga shoshildi. Kelgusi juma o'sha yigit Payg'ambarimiz

(s.a.v.)ga: "Ey, Allohning Rasuli, uylar (yomg'irdan) vayron bo'layapti, karvonlar to'xtab

qoldi", dedi. Ul zot odam bolasining sabrsizligiga tabassum qildilar, qo'llarini ko'tarib:

"Allohim, yomg'irni bizning ustimizga emas, atrofimizga yog'dirgin", dedilar. Darhol

Madinada yomg'ir tindi.

628-hadis 625-hadisning aynan takrori.

629. Jobir ibn Abdulloh (r.a.)dan rivoyat qilindi: Tufayl ibn Amr Payg'ambarimiz

(s.a.v.)dan: "Sizni Davs qavminiki kabi qo'shin va biror bir mustahkam qal'aga

ehtiyojingiz bormi?" - deb so'radi. Jobir dedilar: "Rasululloh (s.a.v.) Alloh ansorlarni

quvvatlagach, ul zot undan voz kechdilar.Tufayl va u bilan birga qavmidan bir kishi hijrat

www.ziyouz.com kutubxonasi 100

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!